Zanolo uchun og'ir payt: klub uni mavsum so'nggiga qadar o'yinlardan chetlatishi mumkin, muxlislar esa o'lim bilan tahdid qilishmoqda (mutolaa uchun)
03 fev 2023 22:11
Yangiliklar
Zanolo uchun og'ir payt: klub uni mavsum so'nggiga qadar o'yinlardan chetlatishi mumkin, muxlislar esa o'lim bilan tahdid qilishmoqda (mutolaa uchun)
So'ngra ikki oyog'idagi jarohatdan so'ng tuzalib qaytdi va yana yorqin o'yin ko'rsatdi.
O'tgan mavsum so'nggida esa uning goli "Roma"ga evrokubokni taqdim etdi. Hozirda esa klub muxlislari u haqda eshitishni xohlashmaydi. Nima bo'lyapti o'zi?
Har yil unga boshqa klublar qiziqish bildirishdi, ammo o'yinchi faqatgina hozirda ketishga yaqin
Zanolo o'zini ko'rsatishi bilanoq, taniqli jamoalarning short-listlaridan o'rin oldi.
• 2019 yilning yozida "Tottenxem" uni o'z safiga qo'shib olishni xohladi, ammo futbolchi "Roma" bilan shartnomasini uzaytirdi.
• Bir yil o'tib yana "Tottenxem"dan qiziqish. "Roma" bunga qadar "Inter", "Yuventus" va MYUning taklifini rad etgan edi.
• 2021 yilda "Yuve" hali ham Zanolo uchun kurashda ekani yozildi.
• 2022 yilda "Milan" unga qo'shildi.
"Tottenxem", "Yuventus" va "Milan" uzoq vaqt o'yinchi atrofida parvona bo'lishdi, ammo 2023 yilning qishida APL, La Liga va Bundesligadan yangi nomlar paydo bo'ldi. Qishki transfer oynasi yakunida esa voqea g'alati ko'rinish oldi.
Fevralda esa umuman xunuk ishlar bo'ldi.
Ultimatum, rad javobi, haqoratli banner, chetlatish
G'alati tuyulmasin, bularning barchasi Zanoloning "Roma"dagi so'nggi haftalarida sodir bo'ldi. Ammo, uning 8 yanvardan buyon chempionatda o'ynamayotganini hisobga olsak, barchasi shunga qarab ketayotgandi.
• Il Tempo malumotiga ko'ra, o'yinchi "Milan"ga ketmoqchi edi va yozga qadar kutishga tayyor bo'lgan. Qishda o'tish esa amalga oshmadi – klubda "Roma" talab qiladigan 35 million evro yo'q. Ammo, yozda narx pastroq bo'ladi, sababi shartnoma so'nggiga qadar bir yil qolgan bo'ladi.
• Janluka di Marcio "Bornmut" "Roma" bilan 30 mln + bonuslar bo'yicha kelishuvga erishganini xabar qildi. SHundan so'ng "Milan" Zanolo uchun kurashni rad etdi.
• Futbolchining o'zi "Bornmut"ni xohlamagan, klub sport direktori bilan ham uchrashishni istamagan. Bu "Roma" bosslarining g'azabiga olib keldi. Corriere dello Sport italyanlar ultimatum qo'yganini yozdi: "Bornmut"ga o'tish – yoki yozga qadar hech qanday o'yinlar yo'q, hatto shartnoma so'nggiga qadar ham. Zanolo rad etdi.
• Yana bir yoqimsizlik – aynan Zanoloning o'rnini egallashi kerak bo'lgan Dushan Tadichning transferi barbod bo'lishi. "Roma" transfer bo'yicha allaqachon kelishib ulgurgan, bir transfer amalga oshmagani sabab, boshqasi ham ro'y bermagan.
• SHu kunlarda Kolizeydan unchalik uzoq bo'lmagan joyda "Roma" muxlislari quyidagi so'zlar yozilgan bannerlarni ilib qo'yishdi: "Zanolo – sotqin va nomussiz axlat". Rai Sport'ning malumotiga ko'ra, "Roma" muxlislari "Napoli" bilan o'yindan so'ng (unda Zanolo o'ynamagan) uyiga qadar mashinasini kuzatib borishgan va o'lim bilan tahdid qilishgan, bundan esa faqatgina policiya qutqargan.
• Zanolo transfer oynasi yopilishiga ikki kun qolganda "Bornmut"ga o'tishga baribir rozi bo'lgan – hatto eng yaqin reysga ham chiptalar band qilgan. Ammo, endilikda Angliya klubi injiq o'yinchini rad etgan. "Bornmut"ning harajatlari etarlicha: klub qishda 56 mln evro sarfladi va "Loryan" yosh vingeri Dango Uattara bilan shartnoma imzolagan holda hujumni ham mustahkamladi.
Ehtimoliy oqibatlardan eng yomoni:
• "Roma" xafa, o'yinchi bilan janjallashdi va har qanday holatda ham kamroq pul oladi.
• Zanolo klubdan ranjigan, Il Messaggero'ning yozishicha, u "Roma"ni hatto bezorilik uchun sudga berishni ham o'ylamoqda.
• Mourinyu uchun – yangi bosh og'rig'i: agar klub futbolchini chetlatsa, uning o'rnini kim bilan bosish kerak?
• Muxlislar bu vaziyatdan uzoq vaqt tinchishmaydiganga o'xshamoqda.
Hammani bosim kutmoqda.
UEFA vice-prezidenti Zbignev Bonuk Corriere dello Sport gap Zanoloning atrofidagi insonlarda ekanini aytdi. Va "Agar u vaziyatni o'zgartirmasa, har qanday klubda muammolarni yaratadi" deb qo'shimcha qildi".
"1 fevralda uning hali ham biz bilan birga bo'lishini his qilyapman. Nikolo ketmoqchi ekanini tushunaman, ammo shuni his qilyapman", – deya o'z fikrlarini bo'lishdi Joze Mourinyu 22 yanvarda.
Mojarolar uchun eng yomon vaqt – klub uchun juda muhim oy
Jadvalga qaraymiz: "Roma" oltinchi, ammo uni ikkinchi o'rindan uch ochko ajratib turibdi. Rimliklar CHempionlar ligasi uchun kurash ishtirokchisi, o'zib ketgan "Napoli" va tashlab yuborilgan "Yuventus"ni hisobga olsak, uch muhim o'rin uchun besh jamoa davogarlik qilmoqda.
Taqvim bahorgacha o'z poziciyasini saqlab qolish uchun juda ham mos. Oldinda – o'rtamiyona "Empoli", so'ngra tushib ketish hududidan uncha uzoq bo'lmagan "Lechche", shuningdek allaqachon xavfli hududda bo'lgan "Verona" va "Kremoneze". Ushbu o'yinlardan maksimum ochko olish kerak va shuningdek "Zalcburg"ga qarshi Evropa ligasi o'yiniga ulgurish kerak. Fevral shunday ko'rinadi.
Zanolo klubning ruxsati bilan ikki sutkaga Speciyaga yo'l oldi, 2 fevraldan esa mashg'ulotlarni davom ettirdi. Ammo, u bundan buyog'iga o'ynaydimi, qanday tarzda jamoaga yordam beradi (hozirda unda A Seriyada 1+0) va uni umuman o'yingacha qo'yishadimi? Ko'plab savollar.
"U bilan aloqalarimiz ajoyib. Doim yordam berishga harakat qilaman, u esa borini bergan. Men doim bor kuchini beradiganlarni himoya qilaman va shu sabab doim ularning tomonida bo'laman. U ketmoqchi va buni qabul qilishim kerak. Ammo, kimdir kelsa, yana kimdir kelishi kerak. Agar Zanolo yarim yilga ketsa, biz o'rniga hech kimni olmaymiz, buni esa qabul qilib bo'lmaydi", – deydi Mourinyu.
Ushbu vaziyatdan barcha yutqazgan ko'rinadi.
Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar