Zafarjon Qoraqulov: “Obod”ga qarshi yaxshi o'yin bo'ladi”
18 mar 2016 21:08
Yangiliklar


Zafarjon Qoraqulov: “Obod”ga qarshi yaxshi o'yin bo'ladi”
- Ertangi bahs biz uchun muhim hisoblanadi. Sababi, o'tgan mavsum aynan “Obod” va “Oq-tepa” oliy liga uchun kurash olib borgan va yakunda raqibimiz birinchi o'rinni egallagan edi. Vaholanki, ularni har ikkala uchrashuvda ham mag'lubiyatga uchratgan edik. Raqibning tarkibi o'zgarmaganligini inobatga oladigan bo'lsak, ertaga g'alaba qozonib, biz ham oliy ligaga munosib bo'lganligimizni isbotlashimiz kerak.
- “Obod”ni bizdan kuchli deb hisoblamayman. Raqibning asosiy ustunligi ularda o'yin amaliyoti borligidir. Qolaversa, ertaga “Obod” birinchi marta oliy liga jamoasi sifatida bizga qarshi maydonga chiqadi. Bu ham ularga qaysidir manoda ustunlik berishi mumkin.
- Ishonamanki, ertaga yaxshi o'yin bo'ladi. Garchi raqiblar turli liga vakili bo'lsa-da, avvalgidek, shiddatli uchrashuvni ko'rishingiz mumkin. CHunki “Obod” rostkamiga bizga munosib raqib!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar