Zafar To'raev: Jamoaviy o'yin orqali ko'tarilmoqdamiz
30 iyu 2014 18:10
Yangiliklar
Zafar To'raev: Jamoaviy o'yin orqali ko'tarilmoqdamiz
Mashal klubi 13-turda Metallurg ustidan g'alaba qozongan holda birinchi davrani 19 ochko bilan tugatadigan bo'lishdi.
Aleksandr Xomyakov shogirdlari Oliy liga debyutanti bo'lishlariga qaramay, ko'pchilikni yodida qoladigan natijalar ko'rsatishdi. Asosan yoshlar hisobiga to'p surayotganiga qaramay, “gazchilar” muhim ochkolarni qo'lga kiritishni uddasidan chiqdi. Metallurg bilan bellashuvda dastlabki golni kiritishga erishgan Zafar To'raev, nafaqat gol urdi, shu bilan birga jamoasining uchinchi to'pida assisetentlik vazifasini ham bajarib berdi. Mavsum arafasida kelgan To'raev qisqa vaqt ichida jamoaning etakchi futbolchisiga aylana oldi. O'yindan so'ng Mashal klubi futbolchisi bilan suhbatlashdik.
- Nasafga mag'lub bo'lganimiz tufayli, Metallurg bilan bo'ladigan bellashuvda g'alaba qozonishimiz kerak edi. SHu boisdan uchrashuvga tayyorgarlikni yanada kuchaytirdik. Mazkur o'yinda g'alaba qozonishni istayotgandik. Qolaversa, birinchi davraning so'nggi uchrashuvini muxlislarimiz qarshisida o'tkazishimizni inobatga olgan holda g'alaba qozonmasak bo'lmasdi. O'yinda tezkor gol kiritib olganimiz, bizga qo'l keldi. Futbolchilarning kayfiyatlari yanada ko'tarilib ketdi. Buning natijasida yana ikki marotaba bekobodliklar darvozasini ishg'ol qilishni uddasidan chiqdik. Umuman olganda, uchrashuv yomon kechgani yo'q. Stadionga kelgan muxlislarni xursand qiladigan bahs bo'ldi deyish mumkin.
- Metallurg o'yini haqida nima deysiz? Bekobodliklarga qarshi o'ynash har bir jamoa uchun qiyin hisoblanadi.
- Albatta, qiyin bo'ladi. Metallurg oliy ligamizdagi istalgan jamoani dog'da qoldira oladi. Ajoyib futbolchilarni shakllantira olishgan. Men ularni kuchli raqib sifatida bilaman. Bunday raqibga qarshi o'yinlar hech qachon oson bo'lmagan. Bugungi bahsda ular yomon to'p surishmadi. Hisobni biz ochganligimiz yigitlarni ruhiyatini ko'tarib yubordi. O'tkazib yuborilgan gollar esa raqib jamoa futbolchilarini kayfiyatlarini yanada tushirdi. SHunga qaramay, ular oxirigacha harakat qilishdi va bitta to'p kirita olishdi.
- Mazkur g'alabadan so'ng Mashalning ochkolari soni 19taga etdi. Bu birinchi davraga etarli deb o'ylaysizmi?
- Bundan ham ko'pini qo'lga kiritishni maqsad qilgandik. Nailoj, shunisiga ham shukur qilishimiz lozim. Birinchi davrada ko'plab uchrashuvlarda ochkolarni boy berib qo'ydik. Agar ularni inobatga olmasak, birinchi davra jamoamiz uchun yomon kechgani yo'q. Aksincha, yaxshi bo'ldi. Birinchi ligadan chiqqan bo'lishimizga qaramay, yuqori o'rinlarga davogarlik qilayotganimizdan xursandman. O'tgan turda Nasafdan ham ochko tortib olishga yaqin kelgandik. Ikkinchi bo'limda kutilmagan xatolar natijasida mag'lubiyatga uchradik. SHunga o'xshash o'yinlar ko'p bo'ldi. Agar har bir o'yinda kerakli natijalarga erishganimizda ochkolarimiz soni yanada yaxshi ko'rinishga kelib qolardi.
- To'plagan ochkolaring hamda egallagan o'rinlaringdan qoniqish hosil qildingizmi?
- Albatta, qoniqish hosil qildim. Birinchi davra uchun etarli bo'ldi. Endi ikkinchi davrada bor kuchimizni sarflashga harakat qilamiz. Mavsumni kuchli beshtalikda yakunlashni vazifa qilib qo'yganmiz. SHu boisdan ikkinchi davrada imkon qadar kamroq ochko yo'qotishga harakat qilmoqchimiz. Mavsumning ikkinchi qismida jamoalar yanada kurashga kirishadi. Har bir uchrashuv finalga xos tarzda o'tadi. Mashal kerakli ochkolarni qo'lga kirita oladi degan umiddaman.
- Birinchi davrada qaysi o'yinga sizlar uchun og'ir kechdi deb hisoblaysiz?
- Hammani o'ziga yarasha shahsiy fikri bo'ladi. Menimcha, 12-turda Nasafga qarshi bo'lgan bellashuv qiyin bo'ldi. Umuman, bunday uchrashuvlar birinchi davrada ko'p marotaba bo'lganiga qaramay, ular orasida so'zsiz Qarshidagi uchrashuvni tanlagan bo'lardim.
- Birinchi ligadan chiqqan jamoaning elitada yuqori o'ringa talashayotganlikining siri nimada?
- Bu erda hammasi jamoaviy o'yinni to'g'ri yo'lga qo'yilganligidan deb o'ylayman. Futbolchilarning bir-birlari bilan munosabatlari juda yaxshi. Buni maydonda ham ko'rsatishga harakat qilmoqdamiz. Jamoaviy o'yin zo'r bo'lsa, natija ham shunga yarasha bo'lib boradi. Tarkibdagi yigitlar ko'pchiliki oliy ligada uzoq vaqt o'ynamagan bo'lsa-da, ahillik bilan harakat qilayotganligimiz ishlarimizni ijobiy tarzda bo'layotganlikiga zamin yaratmoqda.
- Jamoaga mavsum arafasida kelib qo'shilgandingiz. SHunga qaramay, gazchilarga tez kirishib ketdingiz. Metallurg bilan o'yinda nafaqat gol urdingiz, uchinchi to'pni kiritilishida o'z hissangizni qo'shdingiz. Aleksandr Xomyakov sizdan har bir o'yinda nimani ko'proq talab qilmoqda?
- Jamoada bugungi kunda yarim himoya chizig'ida o'ynamoqdaman. Asosiy vazifam, oldingi chizig'da to'p surayotgan ikki hujumchimizga vaqtida to'p etkazib berishdan iborat. Kiritayotgan gollarimga kelsam, bazida menga qulay vaziyatlar yaratilmoqda. Aynan shulardan to'g'ri foydalanishga harakat qilmoqdaman xolos. Metallurg bilan bahsda ham vaziyat bo'ldi va uni golga aylantirdim. Mamazulunov kiritgan uchinchi to'pda esa golga assisentlik qildim. Bosh murabbiy bergan ko'rsatmalarga qarab to'p surmoqdaman. Menda ko'proq hujumchilarga to'p etkazib berishimni talab qilmoqda.
- Mashaldagi faoliyatingizdan ko'nglingiz qay darajada to'lmoqda?
- Umuman olganda, bu erdagi faoliyatimdan ko'nglim to'lmoqda. Ajoyib yigitlar bilan to'p surmoqdaman, yaxshi murabbiy qo'l ostida yuribman. Futbolchilar bilan o'rtamizda munosabatlar alo darajada. Hammasi yaxshi, shu boisdan Mashaldagi faoliyatimdan ko'nglim to'lmoqda. O'tgan yillarda Olmaliq, Qizilqum klublarida o'ynadim. U erda ham hammasi yaxshi ketayotgandi. Muborakliklarda ham ishlarim chakki emas.

Fikrlar