So’nggi yangiliklar

07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  7 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  6 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  4 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2 23:00"Насаф" бош мураббийи Рўзиқул Бердиев: "Бугун савия ва даража ўз сўзини айтди"  34 22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  20 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  1 22:01УЕФА Исроилни четлатишга тайёр, аммо...  12 21:02Суперлига. Сергеевнинг ягона голи "Пахтакор"га "Сурхон" устидан қийин ғалабани келтирди  64 20:43Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонидаги жанговар ўйинда "Ал Ҳилол"га ютқазди  308 20:10Суперлига. "Динамо" ўз уйида "Шўртан"дан устун келди  12 19:50Моуринью ЕЧЛнинг янги формати ҳақида: "Ўзингиз рўбарў келмайдиган жамоаларга ўрнингизни бўшатиб бериш ғалати"  5

Zafar Polvonov: “Qizilqum” ustidan qozonilgan g'alabani unutib “Surxon” bilan o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz” Yangiliklar

Zafar Polvonov: “Qizilqum” ustidan qozonilgan g'alabani unutib “Surxon” bilan o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz”

Olmaliqning AGMK jamoasi Coca Cola Superliga 4-turida safarda “Qizilqum” mehmoni bo'ldi.

Uchrashuvda ko'plab vaziyatlar yaratgan Mirjalol Qosimov shogirdlari Elguja Grigalashvilining yagona goli evaziga g'alabani qo'lga kiritdi. Ushbu bellashuvdan so'ng jamoaning tajribali hujumchisi Zafar Polvonovning fikrlariga quloq tutdik.

“Qisqa qilib aytganda og'ir o'yin bo'ldi. Karantindan so'ng kirishib olish oson bo'lmaydi. Menimcha, bugun ikki jamoa ham qiynaldi. Lekin, biz birinchi bo'lib gol urdik. Bitta to'p o'yin masalasini hal qildi. Hali ko'p ishlashimiz, kamchiliklar va xatolarni kamaytirishimiz kerak. Baribir uch oy muddat davomida dam olganimiz o'yin davomida bilindi. Bugun maydonda g'alaba uchun borini bergan jamoadoshlarimga rahmat aytib qolaman. “Qizilqum” ustidan qozonilgan g'alabani tezda unutib “Surxon”ga qarshi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Navoiy shahri jamoasiga keyingi bahslarda omad tilab qolaman, ular ham o'zlarini ko'rsatishlari shubhasiz.

Raqibga qaraganda sport formamiz yaxshiroq ko'rindi? Ha, to'g'ri. Murabbiyimiz Mirjalol Qosimov futbolchilarni jismoniy jihatdan qanday tayyorlashni juda yaxshi biladilar.

Bu o'yinimizni eng yaxshisi deyishga hali erta. Zero, biz bundan ham ko'prog'iga qodirmiz. Futbolimiz tarixida bu qadar majburan uzoq tanaffus bo'lmagandi. To'liq moslashib olishimizga vaqt kerak. Boshqa jamoalar ham yutqazish uchun harakat qilmasligi aniq. SHuning uchun hozirlikni yanada jiddiy tarzda olib boramiz va murabbiylarning ishonchini oqlashga harakat qilamiz”,- deydi Zafar Polvonov.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика