So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  5 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  3 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  9 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  54

"Yuventus"ning kamtarin o'yinchisi haqida Yangiliklar

"Yuventus"ning kamtarin o'yinchisi haqida

Andrea bo'lmaganida "Yuventus" hozirgidek bo'la olmasdi.

2016 yil ikkinchi iyul kuni Andrea Bardzali RAI telekanali dasturida, to'g'ridan-to'g'ri efirda ko'z yosh to'kdi. "Men juda xafaman. Biz qo'limizdan kelganini qildik, ammo yutqazdik. Oradan ikki-uch yil o'tib bu jamoa haqida hech kim eslamaydi ham. Hamma bir narsani eslab qoladi — biz chiqib ketdik". Italiya Evropa CHempionati chorak finalida Germaniyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi.

O'sha turnir Bardzali faoliyatidagi so'nggi yirik musobaqa edi. U terma libosida o'ynashda davom etdi va jamoa navbatdagi JCHga chiqishida yordam berdi hamda SHveciya bilan bo'lgan tarixiy o'yin — "San Siro" maydonida u ham harakat qilndi. Bahsda hisob ochilmadi va Italiya mundialsiz qoldi. Aslida bir yarim yil avvalroq ketish kerakmidi?! SHunda alamli mag'lubiyat sababini topolmay yig'lamasmidi...

"Yuventus"dagi vaziyat biroz boshqacha. "Keksa sinora" bilan qo'lga kiritilgan 15 sovrin yoniga Bardzali skudettodagi yana bitta g'alabani qo'shib qo'yadi — barchasi hal, shunchaki biroz vaqt kerak. Boshqa bir g'alaba — Madridda yoz faslining ilk kunlarida bo'lib o'tadigan final esa armon bo'lib qoldi. "Yuve" yana ECHLda bosh sovringa ega chiqolmaydigan bo'ldi. Bu g'alaba ajoyib faoliyatning undanda chiroyli yakuni bo'lardi. "Men "Yuventus"ga o'rtamiyona futbolchi bo'lib kelgandim va jamoa darajasiga chiqa oldim", – deydi Andrea. Kamtarlikni qarang! Hech o'ylab ko'rganmisiz, agar u bo'lmaganida "Yuventus" ham bu darajaga chiqa olarmidi yoki yo'q?! Axir BBS — Barcali, Bonuchchi, Kellini uchligi uncha-muncha hujumchilarga imkon bermaganiga barchamiz guvoh bo'lganmiz.

2011 yil "Alyanc Stedium" endi qurilayotgandi, jamoa esa ajoyib hujumchilar Alessandro Matri va Fabio Kvalyarella bilan chempionatni ettinchi o'rinda yakunlagandi. Mavsumning oxirgi uchrashuvida "Yuventus" "Napoli" bilan 2:2 hisobida durang o'ynagan. O'sha o'yinda turinliklar himoya chizig'ida Xasan Salixamidjich, Andrea Bardzali, Leonardo Bonuchchi va Jorjo Kellini maydonga tushgandi. Keyinroq bosh murabbiy Luijji Delneri istefoga chiqarildi, klub esa qatorasiga etti mavsum chempionlik unvonini qo'lga kiritdi. Bugun o'sha tarkibdan faqatgina BBC qolgan. Ammo Bonuchchi bir mavsum "Milan"ga "borib keldi. Demak, Bardzali va Kellini – "Keksa sinora"ning yaqin o'tmishidagi g'alabalari timsoli hisoblanishadi.

Andreaning transferi "Yuventus"ga 300 ming evroga tushgan. Beppe Marottaning eng omadli transferlari deganda ko'pchilik tekinga qo'lga kiritilgan Andrea Pirlo va Pol Pogbani eslaydi, lekin Bardzali arzimagan pulga kelgan va jamoaga ko'p narsa bera olgan futbolchilardan sanaladi. "Byankoneri" va futbolchi munosabatlarini shunchaki ideal deyish mumkin: Andrea jamoa himoyasiga mustahkamlik, ishonch olib kelgan bo'lsa, "Yuventus" Bardzaliga u Italiyada endi erisha olmasam kerak degan obro', hurmat va etiborni taqdim etdi.

Germaniyadagi Jahon CHempionatiga Andrea beshinchi pog'onani egallagan "Palermo"ning asosiy tarkib himoyachisi sifatida yo'l oldi. Ikki bor maydonga tushdi – 1/8 finalda Avstraliyaga qarshi o'yinda zaxiradan o'yinga qo'shildi va chorak finalda diskvalifikaciyaga uchragan Marko Materacci o'rnini egalladi. "O'yinim unchalik yorqin chiqmadi va shu sabab ko'zga ortiqcha tashlanmadim. Biroq kuchliroq jamoadan taklif bo'lishiga umid qilgandim", — degandi Bardzali. Lekin mamlakat futboli grandlari uni tarkiblarida ko'rishni istashmadi, "Palermo" musobaqa jadvalining ikkinchi yarmiga tushib ketganidan keyin esa Germaniyaning "Volfsburg" klubi bir yo'la ikki Jahon chempioni Andrea va Kristiano Zakkardoni sotib oladi. Qaxramonimiz Germaniyaga borishni istamadi, ammo shartnomadagi raqamlar vaziyatni o'zgartirdi.

"O'shanda menga Marchello Lippi telefon qilgan va qarorimni qo'llab-quvvatlamasligini aytgan. Lekin "Volfsburg" menga nafaqat Germaniya chempioni unvonini berdi, balki Feliks Magat meni inson sifatida o'zgarishimga sababchi bo'ldi". Bardzali chempionatning barcha 34 o'yinida maydonga tushdi, mavsum esa "bo'rilar" tarixiga kirdi. "Avvaliga qiyin bo'ldi. Men ko'p shikoyat qilardim. Magat o'shanda menga: "Bilasanmi nega o'zingni noqulay his qilyapsan, nega mashg'ulotlaring samarasi sezilmayapti? CHunki sen qilayotgan ishingga ishonmayapsan". Aynan o'shanda men uchun barchasi o'zgargandi. "Volfsburg"ga borgunga qadar men 70-80%, "Volfsburg"da esa – 110% kuchim bilan mehnat qila boshladim. SHu sababli faoliyatimdagi muhim va oldinga katta qadam tashlay oldim. "Yuventus"ga esa meni futboldan boshqa hech nima qiziqtirmay, tashvishga solmay qo'ygan pallada ko'chib o'tdim. Turmush o'rtog'im oilamdan ham uzoqlashganimni, ularga etarlicha etibor bermayotganimni, fikr-u hayolim futbol bilan band bo'lib qolganini aytgandi".

Endi Antonio Konte bilan uchrashish qolgandi xolos. Professinallik va xarakterni, iqtidordan ustun qo'yadigan murabbiy va adashib Jahon chempioni bo'lib qolmaganini 30 yoshida tushunib etgan futbolchi keyinchalik mamlakatning iloji bor barcha rekordlarini yangilab tashlaydigan jamoaga asos solishadi.

Bardzalining kamtarligini jamoadoshlari to'ldirib turishadi. "Andrea — hozirning o'zida Italiyaning eng kuchli himoyachisi", — degandi Fabio Kannavaro 2012 yil va o'shandan buyon har yil bu gaplarni "Yuventus" yo terma jamoaning u yoki bu azosi takrorlaydi. Antonio Kontening jamoadan ketishi deyarli hech nimani o'zgartirmadi. Massimiliano Allegri bilan Bardzali eski tanishlar hisoblanishadi. Ular 2000 yil B Seriyada "Pistoyeze" safida birga to'p tepishgan. Andrea unda yarim himoyachi edi. Allegrining aytishicha, aynan Maks etakchi sifatida Juzeppe Pillonaga yosh futbolchini himoyaga o'tkazishni maslahat bergan.

"U markaz futbolchisi sifatida oliy ligada o'ynab ketolmasligini tahmin qilgandim. CHamamda, adashganim yo'q", — deydi Allegri. Lekin Bardzali murabbiy biroz bo'rttirib yuborayotgani va himoyaga o'tishi uning g'oyasi bo'lmaganini takidlaydi. Nima bo'lganda ham, "Yuventus"da tajribaga xojat qolmagandi. Hattoki, Andreaning o'ng qanot himoyasida paydo bo'lishi ham avantyura emas, mustahkam himoya kafolati edi.

Muvaffaqiyatlari va ularning sabablari haqida Bardzali gapirishni yoqtirmaydi. Birinchi navbatda klub, murabbiy, jamoadoshlariga minnatdorchilik bildiradi va o'z principlari haqida so'zladi. "Birinchi navbatda kamtarlik. Inson o'ziga ishonishi kerak. Biroq buni ko'z-ko'z qilish shart emas. Agar asosiy tarkibda maydonga tushsang, nimagadir erishibman-da deb kekkayib ketmasligi zarur. Ikkinchisi — mehnat qilish ishtiyoqi. Hattoki mega-yulduzlar ham mehnat qiladi. Odatda, aynan ular barchadan ko'proq ishlashadi. Men biror marta Pirlo yoki Buffon mashg'ulotni o'tkazib yuborganini yoki ishga engil munosabatda bo'lganini ko'rmaganman. Men o'zimni buyuklar qatoriga qo'shmayman, ammo doimo ular kabi ishlashga, mehnat qilishga harakat qilganman".

Andrea boshqalardan o'rnak olishini aytsa-da, aslida ko'pchilik uchun o'zi o'rnak bo'lgan. Yillar davomida uning atrofida qanchadan-qancha futbolchilar o'ynab ketdi va bugungi "Yuventus"ning mentaliteti shakllandi.

SPALga qarshi o'yinda himoya markazida Andrea bilan 17 yoshli Paolo Gocci maydonga tushdi. Himoyachilar o'rtasidagi 20 yosh farq — avlodlar va tajriba almashinuvining yaqqol misoli bo'lib xizmat qila oladi. Allegri navbatdagi turda "Fiorentina"ga qarshi o'yinda ham shunday tarkib tushirishi qiyin masala. SHu sababli, Bardzali kutib o'tirmadi va o'indan so'ng yozda faoliyatini yakunlashini malum qildi.

Yosh o'z so'zini aytmoqda — bu mavsum jarohatlar sabab Andrea bor yo'g'i 306 daqiqa o'ynadi, faqatgina bitta o'yinda to'liq ishtirok eta oldi.

"Men uzoq o'yladim, bunday qarorga kelish oson bo'lmadi. Lekin menimcha bu eng to'g'ri yo'l. Mayda 38 yoshga to'laman va yildan-yilga qiyinroq bo'lib bormoqda. Men endi bu jamoa darajasida harakatlana olmayapman. Yana biror klubda o'ynashim mumkin edi. Ammo "Yuve" bilan cho'qqiga chiqib bo'ldim. Barchasini shu erda tugatish to'g'riroq bo'ladi. Futbol o'ynash mening orzum edi. Endi buyog'iga nima bilan shug'ullanishim mumkinligi haqida o'ylashim kerak".

Uzunquloq gaplarga qaraganda, Bardzaliga klub tizimida lavozim taklif qilishdi: funkcioner yoki murabbiylar shtabidan joy. Bu ikkinchi darajali masala, muhimi uning klub uchun qanchalik qadrli ekanini ko'rsatish zarur. Vaholanki, bu shunchaki o'yinning sakkiz mavsumi emas, inson hayotining chinakam sakkiz yili edi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика