So’nggi yangiliklar

08:22Here we go. "Арсенал" "Тоттенхем" билан деярли шартнома имзолаган футболчини илиб кетди  3 07:55Суперлига. "Динамо" ва "Навбаҳор" сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  0 07:53"Интер Майами" Лига кубогининг ярим финалига йўл олди  0 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  2 02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  8 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  5 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  1 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  14 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  10 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  24 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  4 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  10 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104

Superliga. "Qo'qon-1912" so'nggi soniyalarda urilgan gol evaziga "Bunyodkor" maydonida zafar quchdi Yangiliklar

Superliga. "Qo'qon-1912" so'nggi soniyalarda urilgan gol evaziga "Bunyodkor" maydonida zafar quchdi

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga, 8-tur
"Bunyodkor" – "Qo'qon-1912" 1:2
02 may 2025 yil. Toshkent, "Bunyodkor" stadioni. 20:30
Hakamlar:
G'ayrat Jo'raev, Islom Nosirov, Abduxamid Abduraimov, Alisher Abduvahidov
Nazoratchi: Zokir Qodirov
VAR: Axrol Risqullaev
AVAR: Sherzod Azamov
Komissar: Mamur Sultonov

Gollar: 1:0 – 16, Temurxo'ja Abduxoliqov, 1:1 – 84, Jasur Xolto'raev (penalti), 1:2 – 90+7, Javohir Husanov

"Bunyodkor": 13.Hamidullo Abdunabiev, 2.Nikoloz Mali (18.Narimjonjon Ahmadjonov, 62), 4.Najmiddin Normurodov, 6.Boburbek Yo'ldoshev, 7.Odiljon Hamrobekov, 9.Imeda Ashortia (8.Martin Shroler, 67), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 15.Marko Bugarin, 23.Asadbek Rahimjonov (10.Rasul Yo'ldoshev, 57), 74.Luis Kachorri (22.Azizbek Amonov, 67), 77.Muzaffar Olimjonov.
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 5.Aleksandr Zevadinov, 30.Sardor Abdunabiev, 57.Amir To'raqulov, 66.Azizbek To'lqunbekov.

"Qo'qon-1912": 13.Azizxon Isaqov, 4.Asliddin Toshtemirov, 5.Jasurbek Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Shota Gvazava, 8.Baxtiyorjon Qosimov, 11.Shahzod Beshimov (10.Husniddin G'ofurov, 90+2), 19.Shahzod Akramov, 22.Muhammadanas Hasanov (9.Javohir Husanov, 72), 44.Andro Giorgadze, 69.Egor Kondratyuk (14.Jasur Xolto'raev, 60)
Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 15.Zafar Hakimov, 17.Alisher Xayrullaev, 18.Bahrom Abdurahimov, 23.Bekjon Jo'raboev, 30.Ibrohimjon Muxtorov.

Ogohlantirishlar: Nikoloz Mali (28), Marko Bugarin (76)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+7. GOL! "Bunyodkor" darvozabonining qo'pol xatosidan unumli foydalangan Husanov jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi! 

90+2. "Qo'qon-1912" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

89. Olimjonov tomonidan raqib jarima maydonida yo'llangan zarbaga aniqlik etishmadi.

84. GOL! Xolto'raev o'zi ishlagan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi!

83. "Bunyodkor" darvozasi tomon penalti belgilandi. Bobur Yo'ldoshev fol ishlatdi deb topildi.

80. Burchak uzatmasidan so'ng Xolto'raev raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirish lozimligini takidladi. Keyinchalik hakam VAR monitori qarshisiga yo'l oldi.

78. Qosimov tomonidan ijro etilgan jarima zarbasiga aniqlik etishmadi.

76. Beshimovni qoidabuzarlik evaziga to'xtatib qolgan Bugaringa sariq kartochka ko'rsatildi.

1270 nafar tomoshabin bugungi uchrashuvni stadiondan kuzatmoqda ekan.

74. Rasul Yo'ldoshevning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

72. "Qo'qon-1912"da o'zgarish sodir etildi.

69. Mezbonlar tomonidan yo'llangan zarba Giorgedzega tegib qaytdi, "Bunyodkor" penalti so'radi, hakam o'yinni davom ettirish kerakligini takidladi.

67. "Bunyodkor" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi. 

66. Abduxoliqov yaqin masofadan raqib darvozasiga aniq zarba yo'llay olmadi.

64. Abduxoliqovning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

62. "Bunyodkor"da o'zgarish sodir bo'ldi.

60. "Qo'qon"da o'zgarish: Kondratyuk o'rniga Xolto'raev maydonga tushdi.

57. "Bunyodkor"da o'zgarish: Yo'ldoshev Rahimjonovni almashtirdi. 

55. Bugarin mehmonlarning hujumini oldini oldi, qarama-qarshi hujumda Toshtemirov ishonchli harakat qildi.

51. Olimjonovga tibbiy yordam ko'rsatildi.

48. Zarba! Akramovning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasini Abdunabiev qaytardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+1. Ashortia o'yindan tashqari holatda qoldi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Ashortia raqib jarima maydonidan o'ta noaniq zarba yo'lladi.

42. Giorgadze mezbonlarning burchak uzatmasini qaytardi.

38. "Qo'qon-1912" futbolchisi Yoqubov Bugarinning o'ta qo'pol xatosidan unumli foydalana olmadi. Uning deyarli bo'sh qolgan darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

36. Ashortia chap qanotdan jarima maydoniga uzatilgan to'pga zarba bera olmadi.

36. Maydon markazida Yo'ldoshevga nisbatan fol ishlatildi.

31. Kondratyuk raqib jarima maydonida bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.

28. Mali Beshimovga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

23. Maydon markazida havodagi to'p uchun kurashda Kachorri va Giorgadze o'rtasida to'qnashuv sodir bo'ldi.

21. Mezbonlar chap qanotdan navbatdagi hujumni tashkillashtirishdi, jarima maydoniga uzatilgan to'pga hech kim etib kela olmadi.

16. GOL! Abduxoliqov "Qo'qon-1912" himoyachilarining to'pni qaytarishdagi xatosidan unumli foydalangan holda darvozani ishg'ol qildi! 

11. Mehmonlarning o'ng qanotdan boshlagan hujumi besamar yakunlandi.

9. Kachorrining bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

6. Malining o'ng qanotdan uzatmasini Abduxoliqov bosh bilan raqib darvozasiga to'g'rilab qo'ya olmadi.

3. Ashortianing zarbasiga aniqlik etishmadi.

3. Normurodov to'p uchun kurashda Akramovdan ustun keldi va raqib hujumini zararsizlantirdi.

1. Olimjonov chap qanotdan oldinga borib, markaz tomon pas berdi. Isoqov to'pni egallab oldi. 

1. O'yin boshlandi. Mezbonlar to'pni o'yinga kiritdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Bunyodkor" to'q binafsharang, "Qo'qon-1912" oq-ko'k rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика