Saudiya Arabistoni. "Al Fayha" asosiy raqobatchisini mag'lub qildi va "uchib ketish hududi"dan uzoqlashdi
03 may 00:41
Yangiliklar


Saudiya Arabistoni. "Al Fayha" asosiy raqobatchisini mag'lub qildi va "uchib ketish hududi"dan uzoqlashdi
Saudiya Arabistoni chempionatining 30-turida "Al Fayha" o'z maydonida turnir jadvalidagi asosiy raqobatchisi "Damak" bilan bahs olib bordi.
Unda g'alaba qozongan Pedro Emmanuel shogirdlari turnir jadvalidagi o'rnini biroz yaxshiladi va 12-o'ringacha ko'tarilib oldi. Hamyurtimiz Otabek Shukurov uchrashuvda to'liq harakat qildi va 71-daqiqada sariq kartochka bilan jazolandi.
Biroq mavsum tugashiga 4 tur qolganida jamoa ligada qolish missiyasini to'liq bajarganicha yo'q. Jamoa "qizil hudud"dagi jamoadan atigi 4 ochko oldinda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Ал Файха хам Колади.Шукуров уз урнига эга футболчи.