So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  23 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

Hakim Fuzaylov: "Amaldagi chempiondan bir ochko oldik, bundan xursandmiz" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Amaldagi chempiondan bir ochko oldik, bundan xursandmiz"

Superliga 8-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Nasaf" bahsidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida "Xorazm" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov ishtirok etdi.


- O'yin haqida avvalo shuni aytishim mumkin, bugun amaldagi chempionga qarshi bahs olib bordik. "Nasaf" juda yaxshi shakllangan jamoa va ular bilan oson bo'lmasligini bilardik. Futbolchilarimga oxirigacha kurashishgani uchun rahmat aytaman. To'g'ri, xatolar bo'ldi, chunki "Nasaf"dek jamoa baribir xato qilishga undaydi. Ammo durang uchun xursandmiz, buning uchun shogirdlarimga rahmat. O'yindan va natijadan qoniqdim. Bugun yutishimiz ham, yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi. Yakunda esa bahs 1:1 hisobida yakun topdi. Og'ir o'yindan keyin futbolchilarda charchoq ko'rindi. Hechqisi yo'q, dam olib keyingi uchrashuvga hozirlik ko'rishni boshlaymiz.

- "Xorazm" jamoasi keyingi o'yinlarga jismonan tayyormi?

- Navbatdagi uchrashuvni 11 may kuni safarda "Navbahor"ga qarshi o'tkazamiz. Oldinda hali 9 kun borligini hisobga olsak, o'ylaymanki, etarlicha dam olish va bu o'yinga tayyorgarlik uchun vaqtimiz bo'ladi. Eng avvalo biz uchun tezroq tiklanib olish zarur. Shundan so'ng mashg'ulotlarga va o'yinimizni yanada yaxshilashga etibor qaratamiz. Jamoamizning jismoniy holati yomon emas, faqat bazi o'yinlar tig'iz paytga to'g'ri kelib qolgani uchun biroz charchoq sezildi. O'ylaymanki, tez orada bu charchoq ham ortda qoladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика