So’nggi yangiliklar

16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  6 16:13Про лига. "ФарДУ" – "Локомотив". Таркиблар маълум  0 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   0 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:20Матия Кривокапич: "Ғалабадан ҳамма хурсанд, лекин эртага янги кун бошланади"  0 15:02Суперлига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди   0 14:46Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Испанияга жўнаб кетадиган таркиби маълум  4 14:22Шаҳбоз Жўрабеков: "Малини тартибга чақирдим, у эса агрессивликка берилиб кетди. Камида 1 очкога лойиқ эдик"  0 14:10"Андижон" меҳмонда "Машъал"дан енгилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45Абдумавлон Абдужалилов: "Бухоро" бизнинг хато қилишимизни кутди, улар осон рақиб эмас"  0 13:28Эрон клублари ОКМК етакчисига қизиқмоқда  2 13:00Расул Йўлдошев: "Жамоамиз тушкун кайфиятга тушганди, буни енгиш учун ғалаба зарур эди"  0 12:46"Қўқон-1912" "Сурхон" устидан ишончли ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 12:22Ришарлисон Роналдонинг юзи туширилган суратни жойлаштирди — энди у "Олтин тўп"ни мақсад қилган  1 11:54Диогу Жотанинг беваси ва ота-онаси "Вулверхэмптон" ўйинида бўлди. Мухлислар марҳум футболчини ёд олди  5

"Yuventus"da oddiy "fizruk"dan kuchli murabbiyga aylangan Allegri Yangiliklar

"Yuventus"da oddiy "fizruk"dan kuchli murabbiyga aylangan Allegri

Bugungi kunda "Yuventus" bosh murabbiyi Allegri yulduzlar bilan til topisha oladigan, hatto zaxiradagilarni ham xafa qilmaydigan ustoz nomiga sazovor bo'ldi.

Bir necha yil oldin Allegri kreativ harakatlana oladigan yarim himoya chizig'ini yaratish g'oyasi bo'lgan. Massimilianoning o'sha ro'yxatida Kristian Eriksen, Koutino, Isko va Adrien Rabo bor edi. Lekin vaqt o'tgani sari Allegri bu taktikadan foydalanish istagidan 2 ta sabab tufayli voz kechishga qaror qilgan. Birinchisi - klublar o'z etakchilaridan ayrilishni istashmagan. Ikkinchisi - yuqorida sanalgan o'yinchining har biri 60 million evrodan qimmat edi. Hatto «Yuventus»dek jamoa ham bunday katta harajat qila olmasdi.

SHundan so'ng, Allegri rejalarini o'zgartirdi. Kreativ yarim himoyachilar rejasi o'rnniga bir nechta vazifani bajara oladigan universal o'yinchilarni izlashga tushdi. «Yuve»ning uddaburon menejerlari esa buni arzimagan narx evaziga amalga oshirishida Allegriga yordam berishdi. Pyanichga klub 32 million evro to'lab bergan bo'lsa, Xedira va Emre Jan tekinga keldi (erkin agent). Buning orasida Blez Matyuidini 20 millionga Turinga ko'chirib olib kelindi, Rodrigo Bentankurni esa 12,5 million evroga xarid qilishdi.

Allegri bu futbolchilarning maydondagi harakatlarini cheklamadi. Aksincha, ular o'zini qaytadan kashf etishlarida yordam berdi. Pyanich maydondagi asosiy vaqtida hujum qiluvchi yarim himoyachi (40%) sifatida o'ynagan bo'lsa, 10% – himoyada harakatlandi. Jan esa asosan markaziy yarim himoyachi sifatida o'ynaydi. «Yuventus»ning bu mavsumdagi o'ziga xos kashfiyotlaridan biri Bentankur bo'ldi. U butun maydon bo'ylab, hujumdan to himoyagacha tezlik bilan harakat qilmoqda. Muhimi u bu ishni yaxshi uddalayapti va raqib hujumini to'xtatishda ham, jamoa hujum qilganda ham yordamga ulgurmoqda.

Aarona Remzini jamoga olib kelish rotaciya qilish uchun qo'shimcha imkoniyat beradi. Remzi zarur pallada himoyalanishda, to'pni olib qo'yish va tezkorlik bilan hujumni boshlashda foydali harakat qila oladi. Aaron borligining hisobiga Allegri raqibga qarab, ochko yo'qotishdan ortiqcha qo'rqmay asosiy futbolchilarga dam bera oladi. 


2014 yil Allegri «Milan»dan «Yuventus»ga o'tganida, minglab muxlislar Turin klubini "fizruk" bilan shartnoma imzolaganlikda ayblashgandi. Massimiliano shu o'tgan 4 mavsum davomida omadli transferlar va nostandart taktik qarorlari tufayli nafaqat muxlislarning, balki unga shubha bilan qaragan ko'plab mutaxassislarning ham fikrini ijobiy tomonga o'zgartirishga muvaffaq bo'ldi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика