"Yuventus" va "Liverpul" "Ayaks"ning iqtidorli o'yinchisi uchun kurashmoqda
26 noy 2021 13:51
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/670351_original.jpg)
![](/upload/storage/670351_220.jpg)
"Yuventus" va "Liverpul" "Ayaks"ning iqtidorli o'yinchisi uchun kurashmoqda
"Ayaks"ning 19 yoshli xavbeki Rayan Gravenberx faoliyatini A Seriya yoki APLda davom ettirishi mumkin.
Iqtidorli yarim himoyachi uchun "Yuventus" va "Liverpul" klublari davogarlik qilmoqda. Gravenberxning transfer narxi 33 mln evroga baholanmoqda.
Rayan Amsterdam klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U bosh jamoada 2019 yilning sentyabridan beri o'ynaydi. Uning shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi joriy mavsum Erediviziyada 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar