"Yuventus" va "Inter"ning sobiq o'yinchisi "Kalyari" safiga qo'shildi
04 fev 2021 01:40
Yangiliklar


"Yuventus" va "Inter"ning sobiq o'yinchisi "Kalyari" safiga qo'shildi
Transfer oynasi yopilganidan keyin Italiyaning "Kalyari" jamoasi Kvadvo Asamoa bilan shartnoma imzoladi.
"Football Italia" xabariga ko'ra, 32 yoshli ganalik yarim himoyachi bugun tibbiy ko'rikdan o'tib, mavsum yakuniga qadar amal qiladigan bitimga imzo chekkan.
Italiyada transfer oynasi allaqachon yopilgan edi. Ammo, Asamoa erkin agent bo'lgani bois "Kalyari" uni ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.
Malumot uchun, Asamoaning butun faoliyati Italiyada o'tgan. U 2008-2012 yillarda "Udineze", 2018 yilga qadar "Yuventus" sharafini himoya qildi va shundan keyin "Inter" tarkibiga qo'shildi. Ganalik o'yinchi "neradzurrilar" safida 2020 yilning oktyabriga o'ynagan edi. O'tgan yilning kuzida tomonlarning kelishuvi bilan shartnoma bekor qilingan va Asamoa erkin agentga aylangan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar