"Yuventus" va "Inter" sobiq futbolchisi Asamoa faoliyatini yakunladi

Sherzod Nurmatov
5 okt 2022, 19:01
Himoyachi Kvadvo Asamoa 33 yoshida faoliyatini tugatganini ma'lum bo'ldi.

Ganalik endi agent sifatida ishlashi kutilmoqda.

Asamoa faoliyati davomida "Udineze", "Yuventus", “Inter” klublarida to'p surgan.

Futbolchi "Kalyari" jamoasi a'zosi edi, biroq 2021 yildan beri o'ynamadi.

Asamoa – 6 karra A Seriya g'olibi, 2 karra Chempionlar Ligasi finalchisi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com