"Yuventus" va "Inter" sobiq himoyachisi Asamoa A Seriyaga qaytishi mumkin

Alisher
25 yanv 2021, 09:58
Qanot himoyachisi Kvadvo Asamoa Italiya chempionatiga qaytishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, 32 yoshli ganalik futbolchiga "Kalyari" klubi qiziqish bildirmoqda.

Asamoa 2018 yilning yozidan "Inter"da harakat qildi, ammo o'yinchining milanliklar bilan tuzgan shartnomasi o'tgan kuzda yakuniga etgan va u klubdan erkin agent maqomida ketgan edi.

Kvadvo joriy mavsum barcha musobaqalarda 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi. U "Inter"ga qadar Italiyada "Torino", "Udineze" va "Yuventus" jamoalarida to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia