“Inter” “Yuventus” va “Lacio” futbolchilarini o'z safiga qo'shib oldi

Aziz Tukhtamuradov
2 iyul 2018, 23:44
Italiya futbol federatsiyasi Kvadvo Asamoa va Stefan de Vreyning transferini ro'yxatdan o'tkazdi.

Har ikkala futbolchi Milanning “Inter” klubi futbolchilariga aylanishdi. Mos ravishda “Yuventus” va “Lacio” futbolchilari bo'lgan Asamoa va de Vrey “Inter” bilan 2023 yilning yozigacha shartnoma imzolashdi. 

E'tiborlisi, “Inter” rahbariyati futbolchilar bilan o'tgan yiliyoq og'zaki kelishib qo'ygandi. Ikkala futbolchi ham erkin agent sifatida “neradzurrilar” safiga borib qo'shilishdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif