"Yuventus" transfer ro'yxatiga Saloh va Yumtiti kiritildi
19 apr 2019 10:44
Yangiliklar


"Yuventus" transfer ro'yxatiga Saloh va Yumtiti kiritildi
"Yuventus" yozgi transfer oynasida xarid qilishga urinib ko'radigan futbolchilar ro'yxatini tuzib chiqdi.
Malumotlarga ko'ra, Turin klubi Muhammad Saloh ("Liverpul"), Samuel Yumtiti ("Barselona"), Joau Felish, Ruben Dias (ikkisi "Benfika"dan), Nikolo Dzanolo ("Roma") va Federiko Kezalarning ("Fiorentina") transferi ustida ishlaydi. Bu futbolchilarning umumiy narxi 375 mln. evroni tashkil qiladi.
Italiya chempionlari jamoadagi uch futbolchini sotishni reja qilgan. Transferga qo'yiladiganlar orasida Dugla Kosta va Paulo Dibala bor. Klub ularning transferidan 150 mln. evro ishlab olmoqchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar