"Yuventus" "Roma" futbolchisiga qiziqib qoldi
02 avg 2020 22:17
Yangiliklar
"Yuventus" "Roma" futbolchisiga qiziqib qoldi
"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Zanolo Turinning "Yuventus" klubi etiborini o'ziga jalb qilgan.
21 yoshli xavbek "keksa sinora" sport direktori Fabio Paratichiga maqul kelgan, deb xabar qildi Tuttosport.
Zanolo bir nechta sabablar tufayli "Yuventus" uchun qiziq variant hisoblanadi. Birinchidan, klubga gollar urishni ham qoyillata oladigan yarim himoyachi kerak. Ikkinchidan, italiyalik futbolchi oladigan maosh "Yuventus" meyorlari bo'yicha juda kam hisoblanadi: 2,2 mln evro.
Malumot uchun, A Seriyaning yakuniga etgan mavsumida 26 uchrashuv o'tkazgan futbolchi o'z hisobiga 6 gol, 2 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan.
Fikrlar