"Yuventus" prezidenti: "Superliga allaqachon tashkil topib bo'lgan"
29 apr 2022 22:10
Yangiliklar


"Yuventus" prezidenti: "Superliga allaqachon tashkil topib bo'lgan"
"Yuventus" prezidenti Andrea Anelli Evropa Superligasi haqida gapirdi.
"Xalqaro tashkilotning shiddatli munosabati kishini o'ylantirib qo'yadi, bazilarning qo'rquviga ham sabab bo'ldi. Tashabbusingizni qo'llab-quvvatlash uchun ishonchingiz komil bo'lishi kerak. Biz xotirjamlik bilan Evropa sudining qarorini kutamiz. CHeferin bilan aloqamiz uzildi. Istedodlar eng yaxshi maosh oladigan joyga boradilar. Superliga allaqachon mavjud bo'lib ulgurgan, bu - APL. Premer-liga yiliga 4,2 milliard evro ishlab oladi va barcha iqtidorlarni o'ziga jalb qiladi", - dedi Anelli.
Avvalroq "Real", "Barselona" va "Yuventus" Superliga tashkil etgani uchun 15 million evrodan jarima to'lamasa, CHempionlar ligasi musobaqasidan chetlatilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar