"Yuventus" prezidenti: "Ayaks" qarshisida shlyapamizni echishimiz kerak"
17 apr 2019 11:26
Yangiliklar


"Yuventus" prezidenti: "Ayaks" qarshisida shlyapamizni echishimiz kerak"
"Yuventus" prezidenti Andrea Anelli "Ayaks"ga qarshi bo'lib o'tgan CHempionlar ligasi 1/4 final javob uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Mening ishim - kerakli xulosalar chiqarish. "Ayaks" keyingi bosqichga chiqishga munosib o'yin ko'rsatdi.
CHempionlar ligasi shunday turnirki, unda yarim soat ichida voqealar butunlay o'zgarib ketishi mumkin. Biz A Seriyani ketma-ket sakkizinchi marta yutishga yaqinmiz va bu ajoyib. "Yuventus" UEFA reytingida 43-o'rinda edi, hozir 5-o'rindamiz. Vaziyatni tahlil qilishimiz kerak. "Ayaks" "Bavariya"ga muammolar yaratdi, "Real" va "Yuventus"ni turnirdan chiqarib yubordi. Raqib qarshisida shlyapamizni echishimiz kerak. Bu jamoa menga bir necha yil oldin yarim finalda o'ynagan "Monako"ni eslatib yuboryapti. Hozir ular turnir g'olibi bo'lish uchun asosiy nomzodlardan biri" - deydi Anelli.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar