"Yuventus" Pogba uchun MYUga 4 futbolchisini berishga tayyor
10 noy 2019 16:25
Yangiliklar


"Yuventus" Pogba uchun MYUga 4 futbolchisini berishga tayyor
"Yuventus" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani ortga qaytarish uchun bir necha futbolchisidan voz kechishga tayyor turibdi.
"Tuttosport" xabariga ko'ra, franciyalik uchun turinliklar rahbariyati hujumchi Mario Manjukich, himoyachi Daniele Rugani hamda yarim himoyachilar Emre Jan hamda Blez Matyuididan voz kechishga tayyor turishibdi.
Ayni damda balansni ushlay olmayotgani uchun Mauricio Sarri shunday holatni maqul ko'rmoqda. Ruganining xizmatlariga "Milan" tomonidan ham qiziqishlar bo'lmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar