"Yuventus" Moratani "Barselona"ga qo'yib yuborishni xohlamayapti
12 jan 2022 14:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/677506_original.jpg)
![](/upload/storage/677506_220.jpg)
"Yuventus" Moratani "Barselona"ga qo'yib yuborishni xohlamayapti
"Yuventus" forvard Alvaro Moratani "Barselona"ga qo'yib yubormoqchi emas.
O'yinchining transfer huquqi "Atletiko"ga tegishli.
Turinliklar murabbiyi Massimiliano Allegri ijarasi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan o'yinchining ketishini xohlamaydi. U hujumchini yuqori baholaydi.
Oldinroq xabar berilganidek, Morata Allegrining uni qo'yib yubormaslik borasidagi qaroridan xafa, sababi u juda ham "Barselona" safida o'ynashni xohlaydi.
29 yoshli ispan A Seriya doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar