"Yuventus" meksikalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi
21 iyu 2020 02:04
Yangiliklar


"Yuventus" meksikalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi
Hujum chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan Turinning "Yuventus" klubi "Vulverxempton" hujumchisi Raul Ximenesning xizmatlariga qiziqib qoldi.
Calciomercato nashri xabariga ko'ra, "keksa sinora" Mauro Ikardi (PSJ) va Arkadiush Milikni (Napoli) sotib olish imkoniyatini qo'ldan boy berganidan so'ng Ximenesga etibor qaratgan.
"Bo'rilar" futbolchi uchun 60 mln evro talab qilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, 29 yoshli meksikalik forvardga "Manchester Yunayted" asosiy davogar bo'lib turgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar