"Yuventus" Markizio va Bonuchchi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi

Aslanov Jasurbek
5 mar 2015, 17:43
"Yuventus" yarim himoyachi Klaudio Markizio va himoyachi Leonardo Bonuchchi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi.
Xabarlarga ko'ra, ikkala futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashda muammo kelib chiqmasligi kerak. Markizio bu mavsumda A seriyada 24ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2ta golga mualliflik qilib, 4ta golli pas berdi. Bonuchchi esa 23ta uchrashuvda 2ta gol urdi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru