"Yuventus" koronavirus sabab Ronalduni sotish variantini ko'rib chiqmoqda

Alisher
31 mar 2020, 15:21
Krishtianu Turinda juda ko'p maosh olmoqda.

"Yuventus" koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz tufayli harajatlarni kamaytirishga intilmoqda.

Turin klubida eng ko'p maosh oladigan o'yinchilar transferga qo'yiladi. Bu birinchi navbatda Krishtianu Ronaldu bo'lishi mumkin.

Portugaliyalik futbolchi Turin klubida yiliga 30 million evrodan ortiq maosh olmoqda.

"Yuventus" Ronalduning sotuvidan 70 million evro miqdorida mablag' ishlab olishni ko'zlagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Il Messaggero