"Yuventus" futbolchisi jarohatidan qutulib, mashg'ulotlarga qaytdi
30 noy 2019 14:34
Yangiliklar


"Yuventus" futbolchisi jarohatidan qutulib, mashg'ulotlarga qaytdi
"Yuventus" himoyachisi Aleks Sandro jarohatidan so'ng tiklandi.
Braziliyalik futbolchi terma jamoa tarkibida Argentinaga qarshi uchrashuvda olgan jarohati sabab bir necha hafta Turin klubi mashg'ulotlarida ishtirok etmayotgan edi.
"Yuventus" matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Sandro to'laqonli mashg'ulotlarni boshlagan va A Seriya doirasidagi "Sassuolo"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi kutilmoqda. Bu o'yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi.
Aleks Sandro joriy mavsum A Seriya doirasida 10ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar