"Yuventus" Demiralni "Atalanta"ga ijaraga yuborishga tayyor
03 avg 2021 11:05
Yangiliklar
"Yuventus" Demiralni "Atalanta"ga ijaraga yuborishga tayyor
"Yuventus" himoyachisi Merix Demiral "Atalanta"ga ijara asosida yo'l olishi mumkin.
"Yuventus" bunday variantga tayyor. Agar bitim amalga oshsa, Bergamo klubida o'yinchini xarid qilish huquqi bo'ladi.
Bunday holatda transfer narxi 25 million evro atrofida bo'ladi.
23 yoshli turk o'tgan mavsum "keksa sinora" safida 24ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar