"Yuventus" Bernardeski bilan shartnomani uzaytiradi
18 avg 2021 11:13
Yangiliklar
"Yuventus" Bernardeski bilan shartnomani uzaytiradi
"Yuventus" yarim himoyachisi Federiko Bernardeski tez orada klubi bilan yangi shartnoma imzolaydi.
Futbolchi "keksa sinora" safida qolmoqchi va kelasi yozda yakunlanadigan amaldagi shartnomani uzaytirishga tayyor.
Bernardeski "Yuventus"ga 2017 yilda "Fiorentina"dan 40 million evro evaziga o'tgandi. 27 yoshli hujumkor yarim himoyachi barcha musobaqalarda 147ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishdi, ammo o'yinchi hali asosiy tarkib o'yinchisiga aylangani yo'q.
"Yuventus" A Seriyaning yangi mavsumidagi ilk o'yinni 22 avgust kuni mehmonda "Udineze"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar