“Yuventus” “Arsenal” bilan futbolchi almashtirishi mumkin
12 avg 2020 09:31
Yangiliklar
“Yuventus” “Arsenal” bilan futbolchi almashtirishi mumkin
Turinliklarga London klubi forvardi kerak.
“Yuventus” “Arsenal”dan Aleksandr Lyakazettni olib kelishni istamoqda. Buning uchun Turin klubi “to'pchilar”ga jamoa vingeri Duglas Kostani berishga tayyor. Qayd etilishicha, “Arsenal” ham bu transferga qarshi emas.
Bunda faqat bitta muammo bo'lishi mumkin: Duglas Kostaning maoshi. Kosta “Yuventus”da katta maosh oladi. Londonliklarning unga “Yuventus”dagidek maosh berishi so'roq ostida. SHuningdek, ushbu transferga Adrien Rabio qo'shilishi mumkinligi ham istisno qilinmagan.
Fikrlar