"Yuventus" Allegri bilan shartnoma uzaytirish borasida muzokara olib boryapti
04 iyu 2015 19:16
Yangiliklar


"Yuventus" Allegri bilan shartnoma uzaytirish borasida muzokara olib boryapti
"Yuventus" bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan shartnoma uzaytirish borasida muzokara o'tkazmoqda.
Mutaxassis va klub o'rtasidagi amaldagi bitim 2016 yilning 30 iyunigacha belgilangan va "keksa sinor" yana bir yilga kelishuvni uzaytirmoqchi. Malumotlarga ko'ra, yangi bitim mavsum boshlangunga qadar imzolanadi. Ushbu kelishuvga ko'ra, Allegri "Inter" bosh murabbiyi Roberto Manchinidan so'ng Italiya A Seriyasida eng ko'p maosh oladigan ikkinchi mutaxassisga aylanadi.
Hozir Allegri yiliga 2,5 mln. evro ishlab topadi. "Keksa sinora" 47 yoshli murabbiyga 3,5 mln. evro va bonuslar taklif qildi.

Fikrlar