"Yuventus" 26 yoshli hujumchi bilan kelishib oldi
03 iyu 2020 21:11
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/578655_original.jpg)
![](/upload/storage/578655_220.jpg)
"Yuventus" 26 yoshli hujumchi bilan kelishib oldi
"Napoli" forvardi Arkadiush Milik faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradi.
"26 yoshli polshalik futbolchi Turin klubiga o'tishga rozi bo'ldi", deb xabar qiladi Goal.com jurnalisti Romeo Agresti.
"Yuventus" Milikning transferiga himoyachi Kristian Romeroni qo'shmoqchi bo'lgan, ammo "Napoli" bu variantni rad qilgan. Hozir shartnomaga himoyachi Luka Pellegrini yoki yarim himoyachi Federiko Bernardeskini qo'shish borasida muzokaralar davom etmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar