Antonio Konte: "Skudettodan keyin bizdan umidlari katta"
23 sen 2025 15:06
Yangiliklar
Antonio Konte: "Skudettodan keyin bizdan umidlari katta"
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriyaning 4-turida "Piza" ustidan qozonilgan g'alaba (3:2) haqida fikr bildirdi.
"Gapni g'alaba hech qachon oson qo'lga kiritilmasligidan boshlamoqchiman. Biz har bir jismoniy toifada birinchi o'rinni egallagan jamoaga qarshi o'ynadik. Bu qiyin o'yin bo'ldi. Etti-sakkizta top-jamoa ishtirok etadigan ligada to'rtta g'alaba bilan boshlaganimizdan xursandmiz. Skudettodan keyin bizdan umidlari katta. Bizda hali o'sish va tajriba orttirishi kerak bo'lgan futbolchilar bor. Shuning uchun ham men transfer bozoridagi katta xarajatlar haqidagi gaplarni eshitganimda xotirjamlikka chaqiraman. Ko'plab o'yinchilar bilan shartnoma imzoladik, ammo katta xarajatlar – butunlay boshqa masala", – dedi Konte.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar