So’nggi yangiliklar

18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  0 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  1 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  21 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  55 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  2 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  5 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  18 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  14 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  2 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  2 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  9

Yurgen Klopp: "Men "Borussiya"ga shaydo bo'lganman" Yangiliklar

Yurgen Klopp: "Men "Borussiya"ga shaydo bo'lganman"

"Borussiya" Dortmund va Yurgen Klopp. Bu ikki nom so'nggi vaqtlarda tez-tez birgalikda tilga olinmoqda.
Mana besh yildirki Klopp sariq-qoralar jamoasida faoliyat yuritib kelmoqda. O'tgan haftada jamoa mamuriyati 46 yoshli mutaxassis bilan o'rtadagi shartnomani 2018 yilga qadar uzaytirdi. Xo'sh, aslida 2016 yilgacha mo'ljallangan shartnomani yana ikki yilga uzaytirishga nima sabab bo'ldi? Nemis jurnalistlariga bergan intervyusida murabbiy shu masalaga to'xtalib o'tdi.

- Hali yakuniga etmagan shartnomani uzaytirishga qanday omil turtki bo'ldi?
- SHu o'rinda klub tomonidan menga bildirilayotgan ishonchdan mamnunligimni aytib o'tmoqchiman. Ha, yakunlanishiga 2,5 yil bor bo'lgan shartnomani yana qo'shimcha 2 yilga uzaytirish  noodatiy hol sanaladi. Ammo menda jamoani yanada yuksakroq pog'onalarga ko'tarish uchun ishtiyoq bor va aynan shu sababdan Borussiya bilan hamkorlikni davom ettirishga rozi bo'ldim.

- Nega klub bilan bu qadar uzoq muddatli shartnoma imzoladingiz? Axir, sizga Evropaning bir qator etakchi klublari tomonidan ham qiziqish bildirilmoqda…
- SHartnomani uzaytirganim ko'rsatib turibdi-ki, yaqin 5 yil ichida boshqa shaharlardan qo'ng'iroq qilishlarini orziqib kutayotganim yo'q. Ko'plab top-klublarning faoliyatimga yuqori baho berayotganlari  men uchun quvonarli, albatta. Lekin men mehnatimni chindan qadrlaydiganlar yonida bo'lishni afzal ko'raman.

- Bir necha yil avval bergan intervyularingizdan birida "Borussiya" Dortmund da o'zingizni juda ham yaxshi his qilishingizni aytgandingiz. Bunga nimalarni omil sifatida ko'rsata olasiz?
- Bilasizmi, hayotda kerakli vaqtda kerakli joyda bo'la olish juda ham muhim sanaladi va men uchun Borussiya mana shunday joydir. Bu erdaligimdan juda ham baxtliman. Borussiya tom manoda mening jamoam ga aylanib qoldi…

- Qanday rejalarga asoslangan holda shartnoma muddati uzaytirildi?
- Biz jamoa bilan birgalikda ajoib tarix yoza oldik va u balki so'nggi yillardagi eng yaxshisidir. Ammo men uning intixosi haqida shunchaki eslashlarinigina xohlamayman. Hali o'z rivojining cho'qqisiga etib ulgurmagan, bundanda yaxshiroq o'yin ko'rsata oladigan klubga yordam bera olishimdan juda ham shodman. Biz asta-sekinlik bilan jamoa kelajagini qurib bormoqdamiz. Mana jamoa o'tgan mavsumda Evropa miqiyosida 28-o'rinda qayd etilgan bo'lsa-da, yakunda biz CHempionlar Ligasi finaliga qadar etib bora oldik. Bu  chindan ham juda ajoib. Balki shu sabab men "Borussiya" ga shaydo bo'lgandirman… 


bundesliga.de saytidan Zoxirbek tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика