Yurgen Klopp: "Faqat PSJ va "Siti" har yili 200 mln. funt sarflashi mumkin"
18 iyu 2019 19:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/507220_original.jpg)
![](/upload/storage/507220_220.jpg)
Yurgen Klopp: "Faqat PSJ va "Siti" har yili 200 mln. funt sarflashi mumkin"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp ushbu yozda mersisaydliklardan shov-shuvli transfer kutmaslikni malum qildi.
"Avval aytganimdek, bu yil "Liverpul" uchun katta transferlar oynasi bo'lmaydi. Oxirgi 2 yilda jamoa uchun ulkan sarmoya kiritdik. Har yili bu ishni amalga oshira olmaymiz.
Odamlar aytishmoqda: "Endi navbatdagi 200-300 mln. funtni sarflash kerak". Lekin, dunyoda bunday summalarni har yili sarflay oladigan ikki klub bor. Ha, to'g'ri topdingiz, gap PSJ va "Manchester Siti" haqida ketmoqda. Ayni vaqtda "Barselona" va "Real" ham bunday pullarni sarflashga qurbi etadi.
Bizda hammasi joyida. Birorta poziciyaga o'yinchi olishimiz mumkin. Ammo, hozir bunga zarurat bo'lmayapti. Nabi Keyta va Jerdan SHakirini ham unutmasligimiz kerak. Ular jarohatdan tuzalib qaytishadi", - deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar