So’nggi yangiliklar

18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  1 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  4 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4

“Yozyovon-lochinlari”: Mavsum yakuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi Yangiliklar

“Yozyovon-lochinlari”: Mavsum yakuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

Teglar :  Yozyovon-lochinlari
Bu yilgi mavsum Farg'ona futboli uchun omadli keldi. Viloyatning bosh jamoasi “Neftchi” Oliy liga-2015ni kuchli beshlikda yakunladi.

“Qo'qon-1912” Oliy ligada qoldi. “Cemetchi” birinchi ligani 4-o'rinda tugatdi. “Yozyovon-Lochinlar” esa debyut mavsumida ligada qolish vazifasini uddalab, 8-o'rinni band qildi. Farg'ona futbol haqidagi mana shunday iliq fikrlar “Yozyovon-Lochinlar” jamoasining yil yakuniga bag'ishlangan tadbirida ham bot-bot takidlandi.

Darhaqiqat, “Cemetchi” va “Yozyovon-Lochinlar” jamoalari birinchi ligadagi debyut mavsumlarida yomon taassurot qoldirishmadi.  Mavsum boshida “Yozyovon-Lochinlar”  jamoasini qabul qilib olgan Abdusamad Do'rmonov keyinchalik klubni Murod Ismoilov farzandi bo'lgan Islombek Ismoilovga topshirdi. Aytish kerakki, “Yozyovon-Lochinlar”ni ligada qolishida kichik Ismoilovning xissasi katta bo'ldi. “Yozyovon-Lochinlar” Islombek Ismoilov murabbiyligida 15 o'yinda ishtirok etib, 9 ta g'alaba, 3 durang va 3 marta mag'lubiyatga uchradi. Afsuski, “Yozyovon-Lochinlar” moliyaviy muammolar sabab bir necha safar o'yinlariga bora olishmadi. Biroq jamoa debyut mavsum davomida moliyaviy qiyinchiliklarga uchrashiga qaramasdan, ligada qolish vazifasini uddalab, tuman muxlislari xursand qilishdi.  

Bugun Yozyovon tumani markazida jamoa futbolchilari bir dasturxon atrofida yig'ilishdi. Klub rahbarlari tomonidan o'yinchilar uchun mavsum yakuniga beg'ishlangan bayram tadbiri tashkillab berildi. Tadbirda so'zga chiqqan, Yozyovon tumani hokimi jamoa futbolchilarini qayd etgan muvaffaqiyatlar bilan qutlab yangi mavsumdan moliyaviy muammolar umuman bo'lmasligi haqida aytib o'tdi. “Yozyovon-Lochinlar” jamoasida asosan maxalliy o'yinlar to'p surib, jamoa sharafini bu yilgi mavsumda himoya qilishdi. Olingan so'nggi malumotlarga ko'ra, “Yozyovon-Lochinlar” jamoasining bir qator iqtidorli futbolchilariga Oliy ligadan qiziqish bor. Xususan “Neftchi” jamoasi ham qishda “Yozyovon-Lochinlar” va “Cemetchi”dan bir qator futbolchilarni o'z tarkibiga qo'shib olishi kutilmoqda.

Hojiakbar Jabborov.  “Ruxsor” TRK matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика