So’nggi yangiliklar

10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  2 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  3 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  5 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  1 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  1 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  1 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  4 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  5 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  1

Yozda erkin agentga aylanadigan 19 yulduz Yangiliklar

Yozda erkin agentga aylanadigan 19 yulduz

Yana bir necha oylardan keyin futbol mavsumi yakunlanadi va transferlar oynasi ochiladi.

Transfermarkt nashri ushbu yozda erkin agentga aylanadigan 19 nafar futbolchi bilan tanishtirib o'tdi.

1. Stefan de Vrey, "Lacio"
26 yosh, 35 mln evro


Gollandiyalik himoyachi "Lacio"da o'sdi. So'nggi ikki mavsumda klub uni sotib yubormadi. Bunga qasdma-qasd futbolchi ham rimliklar bilan shartnoma imzolamadi. "Lacio" prezidenti Klaudio Lotito esa endi Stefan bilan shartnoma imzolab bo'lmasligini takidladi. De Vreyning o'zi muxlislardan kechirim so'rab, shunday dedi: "Ayrim vaqtlarda yangi maqsadlarga erishish uchun jamoani tark etish kerak". Ayni damda unga "Liverpul" va "Manchester Siti" kabi klublardan qiziqishlar bo'lmoqda. Biroq himoyachi Italiyada qolishni istaydi.



2. Emre Jan, "Liverpul"
24 yosh, 28 mln evro

Yurgen Klopp yarim himoyachini maqtamoqda: "Emre shunday o'ynayversa, undan mamnunman". Biroq hozircha tomonlar yangi shartnoma imzolash borasida hech qanday harakatlarni boshlashgani yo'q. "Agarda kelishib olsak, sizlarga buni malum qilaman - dedi Klopp - agarda u ketishni istasa, bunga qarshilik bildirmaymiz". Mashhur futbol agenti Federiko Pastorello Jan yozda "Yuventus"ga o'tishini takidlagan.



3. Mario Balotelli, "Nicca"
27 yosh, 22 mln evro


Yangiliklar ikkita, hattoki uchta. Birinchidan, Balotelli 27 yoshda. Ikkinchidan, u so'nggi ikki yildan buyon barqaror o'yin namoyish etmoqda. O'tgan mavsumda "Nicca" tarkibida 25 o'yinda 17 gol urdi. Bu mavsum esa 29 bahsda 21 to'p kiritdi. Uchinchidan, Mario yozda jamoani tekinga tark etishi mumkin. Klub prezidenti Jan-Per River jamoaning bu mavsum evrokuboklar uchun kurashmasligi va Balotellini jamoadan ketishini tasdiqladi.



4. Jek Uilshir, "Arsenal"
26 yosh, 18 mln evro


Hozircha Jekning "Arsenal" bilan yangi shartnoma imzolagani borasidagi malumotlarga ishonmang. Klub hali bu borada rasman xabar bermadi. Britan matbuoti esa tomonlar yanvar oyidan buyon muzokaralar o'tkazishayotgani haqida bot-bot malumotlar tarqatmoqda. Biroq asosiy muammo - maosh. Uilshir ayni damda haftasiga 110 ming funt maosh olmoqda. Futbolchi bunga arziydi. Ammo uning hali ham jamoada qolish yoki qolmasligi nomalum.



5. Bernard, "SHaxtyor"
25 yosh, 16 mln evro


"SHaxtyor"ning hujumkor yarim himoyachisi qishdayoq jamoani tark etishi mumkin edi. Ammo jamoadagilar "Napoli"dan ko'proq so'rab yuborishdi. "SHaxtyor" esa futbolchiga 2013 yili bir mavsum uchun 25 mln evro to'lab bergan.


6. Maks Mayer, "SHalke-04"
22 yosh, 16 mln evro


Mayer - "SHalke"ning yosh yulduzi. Vunderkind 17 yoshidayoq Evropa chempionlar ligasida debyut qilgan va Germaniya yoshlar terma jamoasiga jalb etilgandi. 2017 yili u jamoa bilan shartnoma imzolamadi. Unga "Arsenal" va "Barselona" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. To'g'ri, Mayer o'z poziciyasini o'zgartirgan: hujumkor yarim himoyachilikdan himoyachilardan biroz oldinroqqa o'tib oldi. SHunday bo'lsa-da, u bosh murabbiy Domeniko Tedeskoning olqishlariga sazovor bo'ldi.



7. Milan Badel, "Fiorentina"
29 yosh, 13 mln evro


Xorvatiyalik himoyachi "Fiorentina"da qoldi, uning sheriklari Borxa Valero hamda Mattias Vesino "Inter"ga ketdi. So'nggi malumotlarga ko'ra, unga "Spartak" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Ammo futbolchi "Roma" bilan muzokaralar olib bormoqda.


8. Lyuk SHou, "Manchester Yunayted"
22 yosh, 15 mln evro


Dahshatli jarohat, Mourinoning tanqidlari - alo darajadagi futbolchining faoliyatida "qora dog'" bo'lib qoldi. Biroq u 22 yoshda va faoliyatning gullagan davri endi boshlanadi. Yozda SHou MYUning yoshlar tarkibida to'p surdi. Mourino esa u haqida: "SHou borasida hech qanday muammolar yo'q. U asosiy tarkibga kirish uchun qattiq mehnat qilmoqda", dedi. Raqobatda Eshli Yangga yutqazmoqda va o'yinlardan chetda qolmoqda. U qishda bir necha bahslarda asosiy tarkibda maydonga chiqdi va uni Mourino maqtadi. Hozircha tomonlar yangi shartnoma borasida muzokaralar o'tkazishmayapti. Agarda ishlar o'xshamasa, futbolchi erkin agent sifatida jamoani tark etishi mumkin.



9. Kvadvo Asamoa, "Yuventus"
29 yosh, 12,5 mln evro


Balkim, Asamoa yaxshi himoyachi yoki yarim himoyachi emasdir. Biroq u o'yinni o'ziga ola biladi. Ganalik futbolchi bir o'yinda bir necha poziciyalarda to'p sura oladi. Bu mavsumda u Aleks Sandro bilan qattiq raqobatlashmoqda. Uning shartnomasi yozda yakunlanadigan bo'lsa, "Inter" yoki "Milan" uni xarid qilishga tayyor.


10. Maruan Fellayni, "Manchester Yunayted"
30 yosh, 12 mln evro


Mourinoga Lyuk SHouning yakunlanayotgan shartnomasi borasida savol bersangiz: "Fellaynining tugayotgan kelishuvi meni ko'proq bezovta qilmoqda", - deydi. Mavsum boshidan buyon u bu mavzuni 3 marta ko'tardi. Joze uning qolishini istaydi, biroq belgiyalik MYU bilan kelisha olmayapti. Britaniyaning "The Sun" nashri shunday sarlavhali maqola chop etdi: "Og'zingni yop, shartnoma imzola".


11. Yoan Kabay, «Kristal Pelas»
32 yosh, 10 mln evro


"Lill"da Kabay o'z vaqtida eng yaxshi yarim himoyachilardan biri edi. Turli yoshdagi terma jamoalarga chaqirilgan, 23 yoshli termaning asosiy futbolchisi bo'lgan. Biroq 7 yil davomida u Angliyada yulduzga aylana olmadi. O'tgan mavsumda u "Marsel"ga o'tishga tayyor edi, ammo "Kristal Pelas" uni qo'yib yuborishni istamadi. Uning shartnomasi yozda yakunlanadi. Tomonlar esa hali muzokaralar o'tkazishgani yo'q.



12. Joau Moutino, "Monako"
31 yosh, 10 mln evro


O'tgan mavsumda "Monako"ning "bog'chasida" Moutino asosiy tarkibdagi joyini biroz yo'qotgandek ko'rindi. U muhim bahslarda zaxiradan maydonga qo'shilib, himoyachilarga yordam berdi. Yozda "Monako" asosiy futbolchilarini transfer qilib yubordi. SHu tufayli u yana "bosh rolda". 27 turdan keyin maydonda 2 ming daqiqadan ziyod vaqtni maydonda o'tkazdi. Moutino deyarli almashtirilmaydi. Uning shartnomasi tugaydi. Biroq "Monako" Joauni qo'yib yuborishiga ishonib bo'lmaydi.


13. Jorjo Kellini, "Yuventus"
33 yosh, 10 mln evro


Yangi shartnoma hali imzolanmagan. Kellini Daily Mail nashriga: "Men italiyalikman. "Yuventus"dan ketmoqchimisiz, buni "Yuventus" istashi kerak", - deb aytib o'tgan. Corriere della Sera xabariga ko'ra, tomonlar muzokara o'tkazmoqda.



14. Aren Robben, "Bavariya"
34 yosh, 9 mln evro


Robben Yupp Xaynkess bilan munozaralarga bormayapti. "Beshiktosh" bilan bahsda zaxirada qolgan bo'lsa-da, bosh murabbiy borasida ham hech qanday fikr bildirmadi. Qish o'rtasida yana ikki-uch mavsum yuqori saviyada o'ynashni istayotganini aytib o'tdi. Biroq bu juda qiyin. SHartnoma uzaytirish haqidagi savolga u: "Bu borada xotirjamman", - dedi.



15. Xuanfran, "Atletiko"
33 yosh, 8 mln evro


"Atletiko" sardori va ramzi, Simeonening ishongan tog'i. Madrid jamoasini bu futbolchisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Qishda Xuanfran "Roma" bilan muzokaralar olib bordi. Biroq u yozda ketish uchun jamoada qoldi.



16. Atem Ben-Arfa, PSJ
30 yosh, 8 mln evro


Ben-Arfaning faoliyatida ko'ngilsizliklar juda ko'p. Biroq 30 yosh - faoliyatni tugatishga juda erta. Ikki yil oldin u "Nyukasl"ga jalb etildi. U erdan "Nicca"ga tekinga o'tdi va ilk mavsumidayoq 17 gol urib, 6 bora assistentlik qildi. Bu mavsum u PSJ tarkibida birorta o'yinda maydonga tushmadi. Tomonlar shartnomani uzaytirishmaydi. Ben-Arfa jamoadan ketadi.


17. Zlatan Ibragimovich, "Manchester Yunayted"
36 yosh, narxlanmagan


36 yoshli Zlatan futboldan ketishni istamayapti. Uning MYU bilan amaldagi shartnomasi shu mavsum yakunlansa-da, boshqa klub  sharafini himoya qilishni istaydi. Bu boradagi yakuniy qarorini u yaqin orada malum qiladi.



18. Ashraf Xakimi, "Real"
19 yosh, 5 mln evro


Buni kutilmagan holat desa bo'ladi. Ashrafning shartnomasi 2018 yil yozigacha mo'ljallangan. Biroq tomonlar hali yangi kelishuv borasida muzokaralar olib bormayapti. Bu boradagi rasmiy xabar yozgacha malum qilinishi mumkin.



19. Frank Riberi, "Bavariya"
34 yosh, 5 mln evro


Karl-Xaync Rummenigge qishda: "Robben va Riberi jamoa uchun kerak. Ular orqali barcha eng yaxshisi bo'lish uchun intilmoqda", - dedi. Mavsum boshidan beri u chempionatning 12 o'yinida maydonga tushdi va 2 gol kiritdi. U ham Robben kabi jamoa afsonasi. Ammo ularning "Bavariya"dagi kelgusi taqdiri hal bo'lmagan.


Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика