So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Yoshlarga etibor bergan "Madrid" siyosati ish berishni boshladi Yangiliklar

Yoshlarga etibor bergan "Madrid" siyosati ish berishni boshladi

Teglar :  "Real Madrid"
"Madrid" ishonch bildirgan yosh iqtidorlar nafaqat maydonda, balki iqtisodiy tomondan ham foyda keltira boshladi.

"Qaymoqranglilar" klub siyosatini o'zgartirib, kelajakda jahon futboli yulduzi bo'lishi kutilayotgan sportchilarni yoshligidayoq xarid qilmoqda. Avvallari biz "Real" jahon yulduzi bo'lib

ulgurgan, tayyor futbolchilarni sotib olaverishiga o'rgangandik. Oxirgi yillarda bu jihat o'zgarganini boshqa klub muxlislari ham sezishgani bor gap.

"Madrid" asosiy tarkibidagi 25 futbolchini hisobga olmaganda, ijaraga berib yuborilgan 11 futbolchi va Reyner (hali asosiy tarkibga jalb etilmayapti)dan 11 nafari 20 yosh yoki undan avvalroq "Madrid" futbolchisiga aylangan. Umumiy hisobda "Qirollik klubi" bu futbolchilar uchun 175,7 million evro sarflagan. Bugungi kunda esa Transfermarkt malumotlariga tayanadigan bo'lsak, o'sha futbolchilarning umumiy qiymati 355,5 millionga teng: agar "Madrid" koronavirus tufaylimi yo boshqa sabab, birdaniga shu futbolchilarni rasmiy narxlarida sotib yuborsa 179,8 million evro sof foyda qoladi. Vaholanki, vaqtida "Real" nima uchun butkul notanish futbolchiga buncha mablag' sarflayapti deganlar ham bo'lgandi.

O'sha futbolchilardan bazilari, misol uchun Vinisius (45 million evro) va Rodrigo (50 million evro)ga "Madrid" hozirning o'zida imkoniyat bermoqda. Ha, ular doim ham birga maydonga tushmayapti, bazan o'yin qaydnomasiga ham kiritilmayapti. Ammo nima bo'lganda ham ular ishonchni oqlay olmoqda va yaqin kelajakda jahon futboli yulduzi bo'lishiga umid hamon bor. Buni ularning rasmiy narxi 50 million evroligicha qolayotgani ham isbotlaydi.

Marko Asensio, Edegor va Valverdeni alohida tilga olish lozim: bu uch futbolchi 3,5, 2,8 va 5 million evro evaziga klubga kelishgan. Endi ularning transfer narxi 40, 50 va 60 mln turadi: "Madrid" bu futbolchilarning sotuvidan ortiqcha qiyinchiliklarsiz 100 million evro ishlab olishi mumkin. Bu raqamlar yanada ko'proq bo'lishi mumkin edi, lekin yozda jiddiy jarohat olgani sababli Asensioning narxi tushib ketdi. Transfermarkt malumotiga ko'ra, 2018 yil uning transfer qiymati 90 million evro edi.

Dani Sebalos vaqtida 15 million evroga sotib olingandi, hozir u tahminan 40 mln turadi, tekinga klubga kelgan Kuboga 15 million beraman degan xaridorlar bor. Qiziqarli bir fakt, hozircha faoliyati ko'ngildagidek ketmayotgan Valexoning ham narxi ko'tarilgan: u 5 million evro evaziga xarid qilingan bo'lsa, hozirgi narxi - 7,5 mln evro.

Albatta, transfer narxi tushgan futbolchilar ham yo'q emas. Reyner Jezus 30 million evroga sotib olingan, hozir esa - 25, "Manchester Siti"dan kelgan Braim Diasning narxi ham salbiy tomonga o'zgargan 20-15. Ular hali juda yosh va kelajaklari oldinda. Braziliyalik asosiy jamoaga o'tkazilishi bilanoq narxi ham ko'tariladi.

Darvozabon Andrey Luninning transfer qiymati ham keskin tushgan, lekin u "Real Ovedo"da o'ziga kela boshladi va muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. 

Klubning yangi falsafasi endi ish bera boshlagandek, ammo hali aniq baho berishga ertadek. Futbolchilar o'sib borishi bilan, yaqin yillar ichida "Madrid" tarkibining narxi muntazam ravishda oshib boradi. Har holda hozircha barchasi yaxshi ketyapti. 


Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика