Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga qura tashlandi
15 mar 2017 12:40
Yangiliklar
Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga qura tashlandi
Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan yoshlar mundiali qurasida Diego Maradona va Pablo Aymar ishtirok etdi.
Ushbu sobiq futbolchilar 4 ta jamoadan iborat 6 ta guruhda qaysi jamoalar joy olishini aniqlab berishdi. Qura natijalari bilan tanishing:
"A" guruhi: Janubiy Koreya, Gvineya, Argentina, Angliya.
"B" guruhi: Venesuela, Germaniya, Vanuatu, Meksika.
"C" guruhi: Zambiya, Portugaliya, Eron, Kosta-Rika.
"D" guruhi: Janubiy Afrika, Yaponiya, Italiya, Urugvay.
"E" guruhi: Franciya, Gonduras, Vetnam, Yangi Zelandiya.
"F" guruhi: Ekvador, AQSH, Saudiya Arabistoni, Senegal.
Turnirning ochilish o'yini musobaqa mezboni Janubiy Koreya hamda Gvineya o'rtasida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi oktyabr oyida Osiyo chempionatida muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, JCH yo'llanmasini qo'lga kirita olmagan edi.
Fikrlar