So’nggi yangiliklar

01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  0 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  5 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8

Yoshlar ligasi to'purari SHohruh Mahmudxojiev bilan intervyu Yangiliklar

Yoshlar ligasi to'purari SHohruh Mahmudxojiev bilan intervyu

Yoshlar ligasida "Paxtakor" taqibchilaridan juda katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda.

Yosh "sherlar" keyingi turda g'alaba qozonishsa muddatdan avval chempionlikni rasmiylashtirib qo'yishadi. Bugungi kunda Yoshlar ligasi to'purarlar poygasida aynan "Paxtakor" klubi hujumchisi SHohruh Mahmudxojiev peshqadamlik qilmoqda. 20 yoshli futbolchi 27ta turda raqiblari darvozasiga 18ta gol urishning uddasidan chiqdi. Mahmudxojiev so'nggi paytlarda asosiy tarkib bilan mashg'ulotlar o'tkazmoqda va Superligada maydonga tushishga ham ulgurdi. Biz yosh to'purar bilan suhbatlashishga qaror qildik.

FUTBOLGA KIRIB KELISH VA "PAXTAKOR" AKADEMIYASI
Namangan viloyati CHust shahrida tug'ilganman. 7 yoshimda dadam Toshkentga, "Paxtakor" akademiyasiga olib kelganlar. Dadam Mahmudxojiev Zokirjon  havaskor futbolchi bo'lganlar, ikkinchi ligada "CHust" safida o'ynardilar. O'zlari bu niyatga erisha olmaganlari uchun meni professional futbolchi qilishga astoyidil bel bog'laganlar.  "Paxtakor"dagi birinchi murabbiyim Eremeev Lenur Erkinovich edi. Bu insondan juda ko'p narsa o'rganganman. Hali hamon murabbiyim bilan ko'rishib turamiz. Hozirgacha o'z maslahatlarini berib keladilar. Bundan tashqari akademiyada Anvar Hafizov va Rustam Qurbonboev qo'l ostida ikki yil o'ynaganman. "Paxtakor" akademiyasiga taxminan 50-60 nafar bola ko'rikdan o'tish uchun kelishgan. Normativlarni bajargan to'rt nafar futbolchini olib qolishgan. Ular orasida men ham bor edim. SHunday qilib "Paxtakor"dagi faoliyatim boshlangan. Akademiyada Ulug'bek Abdullaev ("Lokomotiv") va Saveliy Abramov ("Qo'qon-1912") kabi futbolchilar bilan katta bo'lganman. Yana ko'p futbolchilar bugungi kunda Superligada yoshlar ligasida o'ynab kelishmoqda.

Akademiyani tamomlaganimdan so'ng yoshlar jamoasiga emas "Paxtakor-2"ga o'tganman. Bu jamoa birinchi ligada ishtirok etar edi. Bosh murabbiy Jasur Abduraimov edi. "Paxtakor-2"da bir yil o'ynagandim. 2015 yil yanvar oyida PFL kubogi musobaqasidan keyin meni yoshlar jamoasiga qabul qilishgandi. 17 yoshimdan boshlab Ilhom Mo'minjonov va Vladimir Andreev qo'l ostida "Paxtakor" yoshlar jamoasi sharafini himoya qilishni boshlagandim.



O'SMIRLAR TERMA JAMOASI HAQIDA
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi safida 2014 yil sentyabr oyida Tailandda Osiyo chempionatida ishtirok etganman. O'shanda jamoamizni Aleksandr Mochinov boshqarardi. Guruhdagi ilk o'yinda Nepal bilan kutilmaganda durang o'ynadik. Ikkinchi turda musobaqa favoritlaridan biri KXDRni 3:2 hisobida mag'lub etgandik. Oxirgi turda Kuvaytni 4:2 hisobida taslim qilgandik. Guruhda birinchi o'rin bilan chorak finalga yo'l olganmiz. Suriyaga qarshi o'yinda g'olib bo'lgan jamoa yarim final bilan birgalikda Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritardi. O'sha uchrashuvda oldin kuchli, juda kuchli yomg'ir yoqdi. Xatto o'yinni bekor qilishlari mumkin edi, belgilangan vaqtda 1 soat o'tib baribir uchrashuv o'tkazishga qaror qilishdi. Raqibning har bir tepgan zarbasi golga aylanaverdi va 55-daqiqada hisob 0:5 edi. Yomg'ir yog'di, ob-havo noqulay keldi deganlar ko'p bo'ldi. Ammo bu bahona bo'la olmaydi. CHunki Suriya ham xuddi o'sha maydonda, xuddi o'sha yomg'ir ostida o'ynagandi. Biz raqibga jismonan yutqazgandik. Zaxiradan maydonga tushib ikkita gol urgandim, biroq jamoadoshlarim yutqazib bo'lishgandi. Biz Jahon chempionatiga chiqa olmadik. Mochinov kiyim almashtirish xonasiga kirib hech kimga qattiq gapirgani yo'q, yigitlarga o'yin uchun rahmat aytgandi.

YOSHLAR TERMA JAMOASI HAQIDA

2016 yil oktyabr oyida Bahraynda o'tgan U-19 Osiyo chempionatida ham qatnashgandim. Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi juda kuchli edi. Har bir poziciyaga ikki nafardan teng kuchli futbolchi bor edi. Zaxiradan o'yinga kim tushsa ham o'yin suratini buzib qo'ymasdi. Jasur Abduraimov musobaqa oldidan jamoa oldiga chempionlik vazifasi qo'yilganini aytgandi. Jamoada tartib juda kuchli edi. Osiyo chempionatida ilk o'yin Tojikistonga qarshi juda qiyin o'tgan. Birinchi gol o'tkazib yuborib yakunda ikkita gol urib irodali g'alabaga erishgandik. So'ngra Avstraliyani 3:2 hisobida taslim qilgandik. O'yin davomida 3:0 hisobida oldinda borib turib bir kishi kam bo'lib qolgandik. So'nggi turda Xitoy bilan durang o'ynagandik. CHorak finaldagi raqibimiz Eron edi. Uchrashuv g'olibi Jahon chempionati yo'llanmasi sohibi bo'lardi. Bu safar ham xuddi Suriya bilan o'yin scenariysi takrorlandi desak bo'ladi. Eron himoyani mustahakamlab 3 yoki 4 marta hujum qildi va ikkita gol urdi. Ular taktik tomonlama bizni mag'lub etishgandi. O'sha jamoamizda Jasur Yaxshiboev, Aziz G'aniev, Bobur Abdixoliqov, Xojiakbar Alijonov, Islom Qobilov, Doston Ibrohimov va qator boshqa futbolchilar o'ynashardi.

SHOTA ARVELADZE HAQIDA

U professional murabbiy. O'z ishining ustasi deb hisoblayman. Mashg'ulotlar vaqtida, amaliyot vaqtida xatto mayda narsalarga ham urg'u beradi. O'zi zo'r futbolchi bo'lgan. U texnika jihatdidan, fikrlash bo'yicha juda kuchli o'yinchi edi. Mashg'ulotlardan so'ng hujumchilar bilan alohida ishlaydi. Arveladze kelgach "Paxtakor"ning mashg'ulotlari Evropa standartiga mos tarzda o'tmoqda. Bu yilgi maqsadimiz chempion bo'lish va kubok finalida g'olib bo'lish.



DEBYUT
"Paxtakor" asosiy tarkibidagi debyutim o'tgan yil "Lokomotiv"ga qarshi bahsda bo'lgandi. "Paxtakor" stadionida bo'lgan uchrashuvning oxirgi 5 daqiqasida maydonga tushgandim. Afsuski debyutim omadsiz chiqqan va biz yutqazib qo'yganmiz. Bu yil SHota Arveladze qo'l ostidagi debyutim "Nasaf" bilan uchrashuvda bo'ldi. Barcha futbolchida ilk o'yinda hayajon bo'ladi. Ammo tezda barchasi o'z o'rniga tushib ketdi.

YOSHLAR LIGASI HAQIDA
Bilasizmi, yoshlar ligasi ham qiziqarli kechadi. CHunki bu erda yosh futbolchilar, kuchi ko'p, ishtiyoqi baland. Har bir to'p uchun kurash ketadi. Superligada esa deyarli barcha professional futbolchilar o'ynaydi. Taktik o'yin kechadi, Yoshlar ligasida esa shiddatli bahslar bo'ladi. Bu ligada gol urish ham oson emas. Ayni paytda to'purar bo'lib turganimdan albatta xursandman, mavsum oxirida ham to'purar bo'lishga harakat qilaman.

FUTBOLDAGI KUMIRI
Yoshligimdan mening kumirim Ronaldino. CHunki u futbolni faqat muxlislar uchun o'ynagan. Futboldan zavq olib o'ynagan futbolchi bu Ronaldino edi. To'g'ri uning faoliyati uzoq davom etmadi. To'rtta yoki beshta "Oltin to'p" olmadi. Lekin qaysi klubda o'ynasa ham uni muxlislar sevishardi. "Barselona"da "Real"ga qarshi "Santyago Bernabeu" stadionida ikkita gol urgandi va mezbon jamoa muxlislari Ronaldinoga qarsak chalgandi. SHu holatning o'zi uning qanchalik buyuk futbolchi bo'lganini isbotlab turibdi.  


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика