

Turnir jadvaliga ko'ra, Muborakning "Mashal" klubi 24 ta o'yindan so'ng bor-yo'g'i 4 ochko jamg'arib, eng so'nggi – 16-o'rinda bormoqda.
Jadvalda undan yuqoriroqda xavfli hududda joylashgan "Qo'qon-1912", "Bunyodkor" va "Xorazm" jamoalari hisobida 23 tadan ochko mavjud.
Ushbu ulkan farq chempionat yakuniga 6 tur qolganda "Mashal" klubining Superligada qolish uchun hech qanday matematik imkoniyati qolmaganini va quyi ligaga ravona bo'lganini rasman tasdiqlaydi.



