Shohruh Mahmudxojiev: "Navbahor" stadionida to'p tepishning zavqi boshqacha"

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2021, 22:05
"Navbahor" jamoasi bugun JAR stadionida Toshkentning "Rubin" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi va yirik 6:0 hisobida g'alaba qozondi.

Mazkur o'yindan so'ng jamoaga yangi kelib qo'shilgan Shohruh Mahmudxojiev championat.asia saytiga fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Qishki yig'inni dastlab "Paxtakor" jamoasida boshladim. So'ng erkin agent sifatida "Navbahor"ga ko'chib o'tdim. Hozirda ikki mahaldan mashg'ulotlar olib bormoqdamiz. Yig'in reja bo'yicha ketyapti, o'rtoqlik uchrashuvlari orqali yanada optimal sport formasiga kirib borishga harakat qilamiz. 

Haqiqatdan ham bu jamoa menga begona emas, o'tgan mavsum qisqa muddat to'p tepdim. Ichki muhitdan xabardorman. Klublga viloyat hokimi tomonidan e'tibor yuksak darajada. Namanganda qanday muxlislar borligini, faqat g'alaba istashligini barcha biladi. 2020 yil pandemiya sabab stadionga ishqibozlar kiritilmadi. Joriy yilda nasib qilsa minglab muxlislarimiz qarshisida har bir bahsda g'alab qozonish uchun maydonga tushamiz. Bilsangiz, "Navbahor" stadionida to'p tepishning zavqi boshqacha. Jamoamiz muxlislariga bizning qayerda o'ynashimizni farqi yo'q. Qarshidami yoki Jizzaxda doim biz bilan birga. Yangi mavsumda yaxshi o'yinlarimiz bilan ularni xursand qilamiz degan umiddaman",- deydi Mahmudxojiev.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia