So’nggi yangiliklar

20:20Суперлига. ОКМК – "Шўртан" 0:0 (матнли трансляция)  1 20:00Суперлига. "Қизилқум" — "Сўғдиёна" 0:0 (матнли трансляция)  1 20:00Суперлига. "Бунёдкор" – "Пахтакор" (матнли трансляция)  4 19:23"Машъал" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:07Жасур Жалолиддиновнинг янги клуби маълум?!  11 18:40Эндрю Робертсон испан гранди сафига ўтиши мумкин  1 17:57Равшан Эрматов клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида энг кўп ўйинни бошқарган ҳакам бўлиб турибди  6 17:31"Шўртан" охирги бор Олмалиқда қачон ғалаба қозонган?  0 17:24Шавкат Саидов: "Бунёдкор" директори бўлишим? Бу нотўғри маълумот"  2 17:15Исроил ҳужуми туфайли Тареми жаҳон чемпионатига бора олмади  12 16:43"Реал" Асенсио билан шартномани узайтирди  1 16:20Ўзбекистонлик спорт психологи "Сантьяго Бернабеу"да "Master in Sport Psychology" дипломини олди  7 16:00Эшитдик-да! "Пахтакор"га қарши ўйиндан сўнг Илёс Зейтуллаев истеъфога чиқарилиши мумкин. Раҳбарият ҳам ўзгаради  13 15:46Турнир тубидагилар тўқнашуви: “Сўғдиёна” Навоийда тарих ёзадими?   0 15:12"Манчестер Юнайтед" Бундеслиганинг 100 млн евролик футболчисига қизиқмоқда  2

Yoshlar ligasi, 29-tur. “So'g'diyona” – “Nasaf” 2:2 Yangiliklar

Yoshlar ligasi, 29-tur. “So'g'diyona” – “Nasaf” 2:2

Teglar :  So'g'diyonaNasaf
Bugun “Nasaf” yoshlari 29-tur uchrashuvini safarda “So'g'diyona” yoshlari bilan o'tkazishdi.

Uchrashuv yoshlarimizning ustunligida o'tsada, hisob bu o'yinga mos bo'lmadi. Uchrashuv boshidan o'yinchilarimiz maydonda to'pni nazorat qilishga erishishdi. O'z o'rnida gol urish uchun ham jamoamizda imkoniyat bo'ldi. Ammo darvozani ishg'ol qilish nasib etmadi. Aksincha himoyachilarimiz va darvozabonimiz xatosidan unumli foydalangan maydon egalari, dastlab 26-daqiqada hisobda oldinga o'tib olishdi. Birinchi bo'lim oxirlariga kelib esa, ular hisobni 2:0ga o'zgartirishga erishdi. Bu gollarni Saxob Rashidov va Jamshid Hasanovlar kiritishdi. Birinchi bo'lim ana shu hisobda yakunlandi.
 
Ikkinchi bo'limda o'yindagi ustunlik to'liq jamoamiz tarafida bo'ldi. SHuningdek gol urish uchun juda ko'p vaziyatlar yaratildi. Bu vaziyatlarning faqat ikkitasi gol bilan yakunlandi. Yoshlar ligasida to'purarlar ro'yxatini boshqarib borayotgan Dilshod Xushbakov dastlab 71-daqiqada hisobni qiqartirgan bo'lsa, 87-daqiqada yana o'zi oradagi hisobni tenglashtirishga erishdi. Dilshod Xushbakov o'yinda dubl qayd etib, o'z hisobidagi gollar sonini 24taga etkazib oldi.
 
Ikkinchi bo'limda birinchi bo'limga qaraganda jamoamizda gol urish uchun jo'da ko'p vaziyatlar bo'ldi. Afsuski, bu vaziyatlardan futbolchilarimiz unumli foydalana olishmadi. Bazi vaziyatlarda ulardagi g'alaba bo'lgan kuchli ishtiyoq orqali paydo bo'lgan hayajon ham xalaqit berdi. Ularda sovuqqonlik etishmadi.
 
SHunday qilib uchrashuvda  ikki gol farqi bilan mag'lubiyatga uchrayotgan jaomamiz, hisobni tenglashtirib, durang natijani qo'lga kiritdi.
 
Endi jamoamiz mavsumning so'nggi uchrashuvini o'z maydonida Muborakning “Mashal” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 22 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
 
Yoshlar ligasi, 29-tur. 18.11.2016
“So'g'diyona” (Jizzax) – “Nasaf” (Qarshi) 2:2 (2:0)
Klub qarorgohi maydoni. 14:00da
 
Hakamlar:
Baxtiyor Yulcharaev (Guliston), Muzaffar Fayzullaev, Maxmud Turdiev, Muxammad Azamov (Jizzax)
Nazoratchi: S.Ermatov (Toshkent)
 
Gollar: Saxob Rashidov, 26’-1:0, Jamshid Hasanov, 40’-2:0 – Dilshod Xushbakov, 71’-2:1, 87’-2:2.
 
“So'g'diyona”: 76.Nodirjon Ashurmatov (12.SHirinboy Abdullaev 46), 2.Dilmurod Ikromov (s), 4.Jasur Urinov, 5.Jamshid Hasanov (22.Asiljon Oripov 46), 6.Azizbek Mirzaev (19.SHoxruh Akbarov 46), 8.Izzat Abdullaev, 9.Akmal Abdurahmonov (7.Sarvar Xolmatov 57), 21.Dadajon Mamatqulov (88.Jamshid SHerqulov 88), 23.Doston Oripov (11.Ibrohim Qodirov 84), 77.Saxob Rashidov, 94.SHaxboz Jo'raboev.
Zaxira:,  39.SHoxruh Anorboev.
 
“Nasaf”: 30.Umidjon Ergashev, 4.Akmaljon Olimov, 6.Sirojiddin Qo'ziev, 7.Akbar Murodov, 10.Islom Rashidxonov (38.Jahongir Qurbonboev 32), 14.SHarof Muhiddinov, 16.Dilshod Xushbakov, 22.Islom Kenjaboev (33.Abbos Baxshillaev 79), 28.Sardor Sadullaev, 32.Abdulaziz Nishonboev (5.Navro'zjon Izatillaev 59), 41.Najmiddin Normurodov (s) (23.Samandar SHukrullaev 75).
Zaxira: 44.Muzaffar SHaripov, 18.SHerzod Nasrullaev, 34.SHohruh Nematov.
 
Ogohlantirish: Azizbek Mirzaev 14 - Sardor Sadullaev 63.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика