So’nggi yangiliklar

19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 19:10Суперлига. "Шўртан" – "Сурхон". Таркиблар маълум  0 19:02Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  1 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  2 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  0 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  2 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  4 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  4

Yorqin Nazarov: "Hamma jamoa elitada qolishga urinadi, biz ham bu yo'lda ikki baravar ko'p harakat qilamiz" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "Hamma jamoa elitada qolishga urinadi, biz ham bu yo'lda ikki baravar ko'p harakat qilamiz"

Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Andijon" – AGMK (2:3) uchrashuvidan so'ng nominal mezbon jamoa ustozi Yorqin Nazarov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- Darhaqiqat, bugun tomoshabop, yaxshi o'yin bo'ldi. Lekin omad bizdan yuz o'giryapti. 1 ta gol ursak, 2 ta o'tkazyapmiz, 2 ta gol ursak, 3 ta o'tkazib yuboryapmiz. Astoydil ishlashda davom etishimiz kerak. AGMKni g'alaba bilan tabriklayman! 

- Jamoa yomon taassurot qoldirmadi. Ayniqsa, etakchi o'rinlarda borayotgan jamoalarga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. "Andijon" elitada qolishga qodirmi?  Transfer rejalar qanaqa? 

- Xudo xohlasa maqsadimiz – jamoani Superligada olib qolish. Hamma jamoa elitada qolishga urinadi, biz ham bu yo'lda ikki baravar ko'p harakat qilamiz. Transfer oynasi ochilgach albatta, ishga kirishamiz, bir nechta futbolchilar bilan muzokara kechmoqda. O'yinchi olishimiz shart.  

- "Andijon"da futbolchilar oldida qarzdorlik borligini eshityapmiz. Bu nima bilan bog'liq? Rahbariyat bu muammolarni bartaraf qilmayaptimi?

- Oldingi rahbariyat bilan bog'liq holatni bilmayman. Lekin hozirgi rahbariyatga keladigan bo'lsak, hech qanday qarzdorlik yo'q, faqat bir oylik malasi bor. Andijonga qaytganimizda bu hal bo'ladi.

- Abdumannopovga jiddiy qiziqishlar borligi haqida xabarlar bor. Uni jamoada saqlab qolasizlarmi?

- Qiyin savol bo'ldi. Men sobiq futbolchi yoki amaldagi murabbiy sifatida fikrimni bildirsam, u yaxshi jamoada o'ynashini xohlayman. Bu futbolchini o'sishiga xizmat qilsa, uni qo'yib yuboramiz, albatta. Hozircha u jamoada qolgani va o'z ustida ishlashda davom etgani maqul. 

- O'yin jihatidan kuchsizroq, Superligadan tushib ketishga moyil bo'lgan jamoani ayta olasizmi?

- To'g'risini aytsam, bu savolga javob bera olmayman, chunki o'shalarni orasida biz ham bormiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика