Yo'q, Keyn uchun yangi davogar paydo bo'ldi
19 apr 2020 16:29
Yangiliklar
Yo'q, Keyn uchun yangi davogar paydo bo'ldi
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn baribir klubni tark etishi mumkin.
"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, "Yuventus" rahbariyati angliyalik futbolchini tarkibga qo'shib olmoqchi. U Gonsalo Iguainning o'rniga munosib ko'rilmoqda. Oldinroq argentinalik hujumchi koronavirus sababli Italiyaga kelishni istamayotgani borasida malumotlar tarqagandi.
26 yoshli Keyn ushbu mavsumda 25 o'yinda 17 gol urdi va 2 assistentlik qayd etdi. Uning klub bilan kelishuvi 2024 yilga qadar davom etadi.
Bugun uning xizmatlaridan "Real" va "Manchester Yunayted" voz kechgani borasida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar