So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Yomonni yaxshisan desang, bir kun yaxshi bo'ladi Yangiliklar

Yomonni yaxshisan desang, bir kun yaxshi bo'ladi

Teglar :  Oliy liga
Rahmatli bobom (onamning dadalari) juda shirinso'z, hech kimni yomon demaydigan odam edilar.

Keksaygan paytlari bir qo'llarida xassa, men bir yonlaridan etaklab bir joyga marosimga olib bordim. Yo'limizdan bir aka chiqib qoldi. Ozgina kayfi ham bor, bir ikki o'g'rilik qilganlari haqida ham eshitganman. “Assalomu alaykum hoji bobo”  deb salom berdi. Bobom alik olgach, qo'llaridagi xassani menga berib u kishini uzoq duo qildilar. Siz yaxshi yigitsizda deb xayrlashdilar. SHundan so'ng men bobomga, "bu yigit o'g'ri, aroqxo'r bo'lsa siz uni yaxshi yigitsiz deb rosa duo qildingiz” dedim. SHunda bobom “E bolam yomon odamni ham yaxshisan desang, bir kun yaxshi bo'ladi. Yaxshiniyam yomonsan desang bir kuni u albatta yomon bo'ladi” dedilar.

Amerikalik bir olim ajoyib tadqiqot o'tkazibdi. U ikkita  oddiy idishga bir xilda toza suv quyibdi. Bir idishdagi suvni yorug', chiroyli xonaga qo'yib, ikkinchisini qorong'u bir xonaga olib kirib qo'yibdi. Bir oy mobaynida kuniga ikkala xonaga ham kirar ekan. Birinchi yorug' xonadagi suvni oldiga kirib “siz juda mazali suvsizda, rangingiz ham tiniq. Sizni ichgan odamga shifo suvsiz” kabi so'zlar bilan suvni maqtab chiqarkan.

Qorong'u xonaga qo'yilgan suvni yoniga kirib esa, yomon so'zlar bilan so'kib, dunyoda undaqa bemaza, iflos suv yo'qligini aytarkan. Birinchi xonadagi suv kundan-kunga tiniqlashib, shaffof bo'lib boribdi. Ikkinchi xonadagi suv esa bir oy ichida qorayib ketibdi.

Bu yilgi chempionatimiz ham yakunlanib bormoqda. Har qaysi jamoa ko'rsatgan o'yiniga yarasha turnir jadvalida o'z o'rniga ega bo'ldi. CHempionatimiz haqida, PFL haqida yil davomida ko'p va xo'p gapirildi, yozildi. Bu yilgi chempionatimiz muxlislar yig'ish borasida eng yomon ko'rsatkichga ega bo'ldi. Ayniqsa poytaxtdagi o'yinlarga  muxlislar tashrifi achinarli ahvolda bo'ldi. Muxlislar tashrifi borasida Buxoro, Navoiy va albbatta vodiy jamoalari har holda yaxshi ko'rsatkichga ega bo'ldilar. Lekin Farg'ona, Qo'qon, Namangan va Andijon shaharlarida stadionlar har yilgidek to'lib toshmadi. Bunga sabab birinchi o'rinda vodiy jamoalarining ko'rsatgan o'yinlari bo'lsa, ikkinchi sabab chempionatimizdagi “kelishilgan o'yin”lar haqidagi gap-so'zlarning bolalab ketgani bo'ldi menimcha. Oxirgi paytlarda ayrim  muxlislar uchun “toza”  o'yin go'yo qolmadi. Agar jamoasi yutsa, albatta “sotib olgan”, yutqazsa “sotib yuborgan” bo'ldi. Muxlislarga bu o'yin hech qanday kelishilmaganini tushuntirib bo'lmay qoldi.  To'g'ri chempionatimizda shubhali tuyulgan o'yinlar bo'ldi. Lekin o'sha o'yinni ham kelishilganligini kim isbotlaydi.  

Bir ikkita jamoalarning shubhali tuyulgan o'yinlarini ko'rib butun chempionatdagi o'yinlarni kelishilganga chiqarib yuborish manimcha adolatsizlik.  SHu o'rinda ayrim futbol ichidagi shaxslar va ayrim hamkasblarimiz ham stadionga bormay turib, o'yinni ko'rmasdan natijani eshitgach “ha u kelishilgan, bilardim shunday hisob bo'lishini” deb yuborishlari muxlislarni yanada futboldan sovishlariga olib kelmoqda. Hozir mustaqil respublikamizda  hukumat nazoratisiz hech bir soha qolmadi. Futbol sohasi ham bundan mustasno emas. Kimki “qing'ir ish”ga qo'l urayotgan bo'lsa, bir kun albatta jazosini olishi muqarrar.

Nima demoqchiman kelinglar hadeb shubha qilavermay, yaxshi o'yin ko'rsatgan jamoalar va futbolchilarni  maqtashni ham bilaylik. Bu gaplarimizdan “yomon”lar uyalib, bir kun yaxshi bo'lar. Zero biz o'zbekmiz, o'zbekona madaniyatimiz, urf-odatlarimiz bor. Yomonlarga insof tilab, yaxshilarning ko'payishiga umid qilaylik.

Akramjon Mamadaliev

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика