So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  3 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  102 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

"YO yutishimiz kerak, yo umuman futbol o'ynamasligimiz kerak" (Odil Ahmedov, otangga ming rahmat!) Yangiliklar

"YO yutishimiz kerak, yo umuman futbol o'ynamasligimiz kerak" (Odil Ahmedov, otangga ming rahmat!)

Avvalo barcha yurtdoshlarimizni davlatimizning Mustaqilligi ham Hayit bayrami bilan tabriklaymiz.

Endi asl masalaga keladigan bo'lsak, kecha bo'lib o'tgan Xitoy - O'zbekiston o'yinidan keyin terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov juda tasirchan gaplarni gapirdi. Men Odilni qanchadan vaqtdan beri bilsam, uning bunchalik g'azaba bilan gapirganini endi birinchi bor ko'rib turishim. 

Mag'lubiyatli o'yinlar ko'p bo'lgan, lekin kechagidek alamlisi... Kechagi o'yin hal qiluvchi bahs edi. Jahon chempionatiga chiqish uchun Xitoyni yutishimiz shart edi. Lekin yutqazib qo'ydik va endi hammasi o'z qo'limizda emas. Bu ahvolda ertaga Janubiy Koreya ham yutib ketadi. 

Odil Ahmedov o'yindan keyin intervyu berar ekan, yaltoqlanib o'tirmadi. Otasiga ming rahmat, alamidan shartta-shartta gapirib tashladi. Babayan ikki yil davomida aytmagan gaplarni Odil kechagi o'yindan so'ng ikki daqiqa ichida aytdi-qo'ydi. Ham g'azabdan gapirdi, ham alamdan, ham afsus-nadomat bilan. 

Negadir Babayanning o'yinoldi va undan keyingi fikrlarini o'qisam o'zim uchun umuman yangilik olmayman. Xitoyga qarshi bahsdan oldin aytgan gaplariga qarang, nima emish Lippi kelib jamoa kuchaytibdi. Odam hayron qoladi, xo'p kuchaysa kuchayar, shuni endi matbuotga aytish shartmi? Murabbiy degani undan ko'ra o'z jamoasi haqida gapirmaydimi? 

Juda ko'p xalqaro o'yinlar oldidan va undan keyingi matbuot anjumanlarida qatnashganman. Lekin hech qaysi murabbiy Toshkentga kelib, sizlarda "Bunyodkor" stadioni bor, bir paytlari Rivaldo, Skolarilar ishlab ketgan demagan. Hammasi o'z jamoasi haqida gapiradi. Lekin Babayan uchun Lippi birlamchi. Uning jahon chempioni bo'lgani qiziq. U kelgach, Xitoy futbolida o'zgarish bo'lgani muhim.

O'yindan keyin ham shu gap: omad kelmadi, o'yinni boshqardik, penaltidan gol o'tkazib yubordik, va hokazo. Yana nima emish, Babayan o'yindan keyin Lippining oldiga borib, ularga omad kulib boqqanini aytganmish. Qiziq, Lippining Babayan bilan nima ishi bor? 

Samvel Babayan (bizdagi boshqa aksariyat murabbiylar qatori) doim o'yindan oldin va keyin kundalik ("dejurnyy") gaplarni gapirib keladi. Masalan, o'zim hech qachon konkret gaplarni, odamning yuragini o'ynatib yuboradigan fikrlarni eshitgan emasman. Ammo Odil Ahmedovga gap bo'lishi mumkin emas! U kechagi gaplari bilan hammani oyoqqa turg'azdi, uxlamanglar, uyg'oninglar, futbol o'ynanglar, axir jahon chempionati yonimizdan o'tib ketyapti demoqchi bo'ldi. 

Uning gaplarini videoda ko'rar ekanman, boshda juda tasirlandim, shu bilan birga achindim ham. Jahon chempionatida Odildan kuchsiz yuzta futbolchi o'ynaydi. Lekin bizning qorako'z o'g'lon bu safar ham mundialdan chetda qoladimi? Ahmedov aytganidek, kechagi mag'lubiyat uchun hech qanday bahona yo'q, hammasiga o'zimiz aybdormiz. 

Kecha kayfiyat zo'r edi. Xudoga shukur bugun ham yaxshi. O'lkamiz bo'ylab Mustaqillik bayrami, Hayit ayyomi keng nishonlamoqda. Ammo terma jamoa baribir ko'ngillarni xira qildi. Endi jahon chempionati haqida o'ylamasak ham bo'laveradi. Jahon chempionatiga borishni maqsad qilgan jamoa kecha Xitoyni yutishi shart edi, vassalom. 

X.Xoliqov.




Reyting: +92   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика