So’nggi yangiliklar

22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  0 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  3 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  3 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  5 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  4 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  1 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  2 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1

Yilning eng yaxshi murabbiyi - Mirjalol Qosimov Yangiliklar

Yilning eng yaxshi murabbiyi - Mirjalol Qosimov

"Championat.asia" sayti odatga ko'ra o'z talqini bo'yicha "Yilning eng yaxshilari"ni aniqlaydi.

Dastlab yilning eng yaxshi darvozaboni, eng yaxshi himoyachisi, eng yaxshi yarim himoyachi va eng yaxshi hujumchi elon qilgandik. Endi navbat yilning eng yaxshi murabbiyiga.

Demak, Superliga-2018da yilning eng yaxshi murabbiyi bo'lishga nomzodlar quyidagicha ko'rinish oldi:

Andrey Fyodorov ("Lokomotiv")
SHota Arveladze ("Paxtakor")
Baxtiyor Ashurmatov (AGMK)
Ilhom Mo'minjonov ("Navbahor" sobiq bosh murabbiyi)
Mirjalol Qosimov ("Bunyodkor")


Saytimiz xodimlari o'rtasidagi so'rovnomaga ko'ra, joriy mavsumda O'zbekiston chempionatida faoliyat ko'rsatgan mutaxassislar ichidan eng yaxshi murabbiyni aniqladik. Unga ko'ra, Superligada yilning eng yaxshi murabbiyi deya "Bunyodkor" ustozi Mirjalol Qosimov topildi.

Garchi moliyaviy qiyinchiliklarga qaramasdan "Bunyodkor"ni yuqori oltilikda va sovrinli o'rinlar uchun oxiriga qadar mardonavor kurashtira olgan Mirjalol Qosimov, joriy mavsumda yulduz futbolchilarsiz ham ajoyib ishladi. So'rovnomada Qosimov juda katta ustunlik bilan raqobatchilarini ortda qoldirdi va yakunda haqli ravishda chempionatning eng yaxshi murabbiyi nomiga sazovor bo'ldi. "Lokomotiv" bilan chempionlikka erishgan Andrey Fyodorov ikkita ovoz, AGMKni o'tish o'yinlari orqali elitada saqlab qolgan va mamlakat kubogi sohibiga aylangan Baxtiyor Ashurmatov bitta ovoz to'pladi. Nomzodlar qatoridan o'rin olgan SHota Arveladze va Ilhom Mo'minjonov ovoz to'plamadi.


Quyida saytimiz xodimlari kimga ovoz berishganini havola etamiz:

Narzulla Saydullaev - Andrey Fyodorov
Tolibjon Qosimov - Mirjalol Qosimov
SHahboz Beg'amov - Mirjalol Qosimov
Jahongir Fayzullaev - Baxtiyor Ashurmatov  
Zoir Tursunboev - Andrey Fyodorov
Nig'mon Nazimov - Mirjalol Qosimov
Alisher Xolmatov - Mirjalol Qosimov
Nozima Zaripova - Mirjalol Qosimov
Xayrulla Xoliqov - Mirjalol Qosimov
Jasur Aslanov - Mirjalol Qosimov
Nodirxo'ja Yuldashev - Mirjalol Qosimov
Gayrat Xasbiulin - Mirjalol Qosimov  
Asror Abdunazarov - Mirjalol Qosimov


SHu tariqa "Bunyodkor" ustozi Mirjalol Qosimov "CA" talqini bo'yicha Superliga-2018da yilning eng yaxshi murabbiyiga aylandi.

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика