So’nggi yangiliklar

15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0 15:44ПРО-Лига. Турнинг марказий учрашуви асосий таркиблари маълум  1 15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  0 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  1 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  4 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  0 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   1 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  3 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  3 11:53Начо ва Васкес "Реал" билан шартномасини узайтиради  2 11:23"Шўртан"нинг мавсумдаги илк ғалабаси қандай қўлга киритилди?   0 10:37Футзал. Терма жамоамиз бугун Қирғиз Республикасига қарши баҳс олиб боради  0 10:00Хави «Барселона»да қолиши мумкин, бироқ бош мураббий сифатида эмас  4 09:24Месси футболдан ташқари яна қайси спорт турларига қизиқишини айтди  15

Yildan-yilga kuchaygan "Paxtakor" yoxud Arveladze qayd etgan natijalarga nazar Yangiliklar

Yildan-yilga kuchaygan "Paxtakor" yoxud Arveladze qayd etgan natijalarga nazar

Bilasiz, gruziyalik mutaxassis SHota Arveladze "Paxtakor" ruliga kelganiga 2,5 yil to'lmoqda.

Arveladze "Paxtakor"ga 2017 yilning yoz faslida kelgandi. O'sha yili jamoani ikkinchi davrada qabul qilgan Arveladze ishni selekciya hamda tashkiliy jarayondan boshladi. Mashg'ulotlarni zamonaviy evropacha uslubda o'tkazish, yuqori texnologiya hamda futbolchilarning har bir o'yin va mashg'ulotdagi holatini doimiy nazorat qiladigan uskunalar olib kelindi.

2017 yili "Paxtakor" oxirgi yillardagi eng qiyin mavsumni o'tkazayotgan va murabbiylar qo'nimsizligiga yo'l tutayotgan palla gruziyalik mutaxassis mavsum yakunida jamoaga bronza medallarini olib berdi. Yarim mavsum ishlagan mutaxassis uchun dastlabki yurish aynan mazkur medallarni qo'lga kiritish bilan boshlandi. Arveladze kelguniga qadar esa jamoa O'zbekiston Kubogida "Nasaf"dan sharmandali mag'lubiyat evaziga chiqib ketgandi.

Keyingi yili esa Arveladze jamoadagi ishlarni yangi pog'onaga olib chiqish bilan birgalikda, selekcion ishlarni yanada kuchaytirdi. Legionerlar borasida ham o'zgarishlar kuzatildi. Garchi jamoa o'tgan mavsum, yani 2018 yilni yomon o'tkazmagan bo'lsada, lekin yakunda hech bir ko'zlangan maqsadga erisha olmadi. O'zbekiston chempionligi "Lokomotiv"ga yutqazilgan bo'lsa, kubok finalida AGMK g'olib chiqdi. To'g'ri, formatdagi reglament tufayli ochkolar havoga uchishi oqibatida yo'qotilgandek tuyulsada, o'tgan yili jamoaga yakuniy "nuqta"ni qo'yishda sovuqqonlik ham etishmadi. Natijada "Paxtakor" Arveladze qo'l ostidagi birinchi to'liq mavsum, ikkinchi yilni o'tgan galgidan yaxshiroq o'tkazdi. Biroq ko'zlangan maqsadga erishilmadi. 

O'shanda saytimizda O'zbekiston Kubogi finalidan keyin "Paxtakor" va Arveladze haqida "SHota Arveladzening ishonch krediti yoxud final haqida (tahlil)" nomli maqola chop etgandim. Natijada "Paxtakor" ruliga Arveladze bilan bir davrda kelgan yangi rahbariyat gruziyalik mutaxassisga maqolada aytilganidek ishonch kreditini taqdim etdi. Bunga esa etarlicha sabablar bor edi. To'g'ri, klub rahbariyati Arveladzeni o'tgan yil so'nggida istefoga chiqarganida ham hech kimda ortiqcha savollar yangramasligi mumkin edi. Biroq tuzilgan reja va aniq dastur bo'yicha ish olib borgan rahbariyat Arveladzening ishiga to'sqinlik qilmadi. Arveladzega esa taqdim etilgan ishonch krediti esa o'z-o'zidan berilgani yo'q. Buning uchun jamoada o'sish, shakllanish va ishga bo'lgan munosabat o'zgargani ko'ringandi. SHuningdek, murabbiy oldiga jamoaga faqatgina sovrin olib kelish emas, ishni to'g'ri yo'lga qo'yish, "Paxtakor"ni klub sifatida ham yangi bosqich va yuqori darajaga olib chiqish vazifasi qo'yilgandi. Bu ishni esa gruziyalik mutaxassis yildan-yilga kuchaytirib bormoqda.

Arveladzega ishongan rahbariyat dastlab jamoada kuzatilgan o'sish va shakllanish jarayoni ketayotgani hamda ko'zlangan maqsadga erishishda boshqa yo'l tanlangani yaqqol ko'rindi. Bu esa eski va hozirgi "Paxtakor" o'rtasidagi farqning yaqqol misoli aslida.

Natijada dastlabki tanishuv mavsumda qo'lga kiritilgan bronza kelasi yili kumushga aylandi va O'zbekiston kubogi finaliga qadar borildi. OCHLda esa pley-off bosqichida to'xtalgandi. 

Joriy mavsumda esa jamoa chempionat yakuniga 6 tur qolganida chempionlikni rasmiylashtirishga erishdi. O'zbekiston Kubogi va Liga Kubogida o'z yurishini davom ettirmoqda. OCHLda esa pley-offdan muvaffaqiyatli o'tgan "Paxtakor"ga guruh bosqichida ozgina omad etishmadi. Yani, Arveladze qo'l ostidagi "Paxtakor" asta-sekinlik bilan yildan-yilga kuchaydi, shakllandi va o'sib bormoqda. Natijalar ham bunga hamohang yildan-yilga yaxshilandi. Yani jamoa bir nuqtada to'xtab qolgani yo'q. Rivojlanish yo'lidan bormoqda. Intiladigan, yaxshilanadigan jihatlar ko'p va bu jamoani yanada yaxshiroq ishlashga undashi aniq. Jamoa o'yini esa har mavsum yaxshilanib, o'yin sifati o'smoqda. Hozirgi "Paxtakor" Arveladze imzosi ostida tajovuzkor o'ynaydigan kuchli jamoaga aylangan.

Arveladze dastlabki yarim mavsumni jamoani, o'zbek futbolini tanishga sarfladi. Dastlabki to'liq mavsum, ikkinchi yilni esa yo'l qo'yilgan xatolarni tuzatish va ulardan xulosa chiqarishga ketkazdi. Uchinchi yilda esa nihoyat ko'zlangan va uzoq kutilgan chempionlik qo'lga kiritildi. Uchinchi mavsumda esa qilingan mehnatlarning ilk samarasi, mevasi xosili olinmoqda. 

Arveladze esa O'zbekiston chempionatidagi 2,5 yillik mavsum oralig'ida barcha medallarni qo'lga kiritishga ulgurdi. 

Mazkur "Paxtakor" rahbariyati olib borgan siyosat va tanlangan yo'l har qanday murabbiyga yangi joyda, umuman yangi jamoa shakllantirishda klub murabbiyiga 3 yillik reja, shunga monand shartnoma va imkoniyat kerakligining yaqqol misoli. Bunday misollar evropada juda ko'p uchraydi. Nihoyat o'zbek futbolida ham bunday tajribadan foydalanildi va bu ish bermoqda. 


2018 yil, dekabrda olingan intervyu - SHota Arveladze bilan juda uzun, ammo samimiy suhbat - SHahboz Beg'amov 


SHota Arveladzening "Paxtakor"dagi natijasi:

2017 yil, yarim mavsum: 3-o'rin

2018 yil: 2-o'rin, kubok finalchisi (OCHL pley-off bosqichi)

2019 yil: chempion, (O'zbekiston kubogi va Liga kubogi yarim finalida ishtirokini davom ettirmoqda, OCHL guruh bosqichi)


SHota Arveladzening "Paxtakor"dagi statistikasi quyidagicha: 86 o'yin, 61 g'alaba, 13 durang, 12 mag'lubiyat. To'plar nisbati: 183-64


Xulosa shuki, Arveladze tanlagan yo'l to'g'ri ekanligi va bu o'z mevasini berayotgani nihoyat mazkur yil tasdiqlandi. Hali izlanish va o'sish uchun marralar uzoq. Bu esa qolgan klublarimiz uchun yaxshigina saboq hamda qo'llanma sifatida dars bo'lsa, o'ylaymanki, bundan faqat o'zbek futboli yutadi.


Nima ham derdik, chempionlik muborak, "Paxtakor"!

Muallif :
Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика