So’nggi yangiliklar

09:20Арне Слот 88 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди  0 08:47Sofascore. 10 дақиқа ҳаракат қилган Шомуродов, 82 дақиқа ҳаракат қилган Довбик билан деярли бир хил баҳога лойиқ кўрилди  0 08:35Туркия чемпионати. "Башакшехир"да йирик ғалаба, Пёнтекдан хет-трик! (+мусобақа жадвали)  3 08:17"Кайсериспор" Отабек Шукуровни трансфер қилишга яқин  2 08:10А Серия. 3-турнинг марказий учрашувида ҳисоб очилмади, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  6 07:51Мбаппе ўзини "Реал"да Роналдунинг вориси деб ҳисоблайдими? деган саволга жавоб берди  1 07:24Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 06:45ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Бетис", Мбаппе ЛаЛигадаги биринчи голини урди  0 02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  45 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  1 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  4 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  25 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  1 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  9 23:19Бир-икки, бир-икки...  11

Yens Lemann: “Darvozabon barcha zarbalarni ushlab olishi kerak” Yangiliklar

Yens Lemann: “Darvozabon barcha zarbalarni ushlab olishi kerak”

“Arsenal” safidagi o'yinlari bilan ishqibozlar mehrini qozongan germaniyalik posbon Yens Lemann darvozabonlar qanday xususiyatlarga ega bo'lishi va nimalarni o'rganishi kerakligi haqida berilgan savollarga nisbatan fikrlarini bildirdi.

- Darvozabonlarni buyuk bo'lmagan atletlar hisoblashadi. Buni nohaqlik deb hisoblaysizmi?
- Posbonlarga diqqat bilan qarang: ularda tananing faqat yuqori qismi emas, balki umuman rivojlanganini ko'rasiz. Futbolchilarda bunday emas. Ularda oyoqlar baquvvat bo'lib, qo'llar va qo'l muskullari rivojlanmagan bo'lishi mumkin. Darvozabonlarga o'zini yaxshi holatga keltirib olish uchun ko'proq vaqt kerak bo'ladi.

- SHu sababli posbonlar ko'pincha katta yoshgacha o'ynashadimi?
- O'ylashimcha, yosh ulg'ayishi tajribaga xizmat qiladi. Biror holatga ming martadan ortiq to'qnash kelib, tezroq harakat qilasan va himoyani to'g'ri tashkil etasan. Yosh darvozabonlar uchun bu oson vazifa emas. Bazida ular qanday yo'l tutishni bilmay qolishadi. Yoshlarning kamdan-kamiga buni uddalash nasib etadi. Lekin tajriba bilan barchasi keladi.


- David De Xea va Tibo Kurtua juda engil tana tuzilishiga ega. Zamonaviy darvozabonlar baquvvat bo'lishi shartmi?
- O'yinim atletizmga asoslangandi. Bazi posbonlar engi kalta liboslarda o'ynashadi va ularning qo'llarini ko'rib, ular qay tariqa qiyin to'plarni bunday qo'llar bilan qaytarishlarini o'ylab qolaman. Jismoniy ko'rinish uning shaxsini anglatadi: muskullarning o'sgani senga himoyalanish, to'qnashuvga kirishishda yordam beradi, yaxshi o'yin namoyish qilishga ko'maklashadi. Buning uchun mashg'ulotlarda jiddiy ter to'kish talab etiladi. Boshqacha hisoblaydiganlar hech qachon katta ligalarda o'ynashmaydi. Masalan, Manuel Noyerga qarang. Unda ajoyib tana va kuchli qo'llar bor. Oliver Kanda ham. Noyer buning uchun ko'p mehnat qilgan. Endi maydonda bundan ustunlik sifatida foydalanadi.

- Jismoniy mashg'ulotlarga kuniga necha soat sarflagansiz?
- Deyarli har kuni mashg'ulotlarni trenajyor zalidagi ishlash bilan to'ldirardim. Kun tartibim “Borussiya”dan “Arsenal”ga o'tganimda o'zgargan. Avval qo'l muskullarimni mustahkamlash, oyoqlar va tananing yuqori qismiga mo'ljallangan mashqlarni bajarardim. Londonda esa muskullarning turli guruhi va organizmning umumiy mustahkamlanishi ustida mashqlar qilishga o'tganmiz. Haligacha klubda ishlayotgan murabbiy Toni Kolbert mashg'ulotga turli foydali mashqlarni qo'shgandi. O'sha paytda Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klinsmann termaga ish uslubi Kolbertniki bilan o'xshash bo'lgan Mark Versteganni taklif qilgan.


- Darvozabon 90 daqiqa hushyorlilikni saqlab qolishi uchun qandaydir qo'shimcha mashqlarni bajarishi kerakmi?
- Yo'q. Menga posbonlarni tayyorlashning zamonaviy uslubi yoqmaydi. Maktabning ahamiyati baholanmayapti. Etiborni saqlash qolish jihatlari o'rganilmayapti. Fikrimcha, ajoyib darvozabon – bu maktabda tahsil olgani. Bu etiborni jamlashni bir necha soatlar davomida o'rganish mumkin bo'lgan to'g'ri joy. O'yin vaqtining 5 foizi davomida darvozabon faol o'yinga kirishadi. Qolgan 95 foiz paytda joy tanlash, muloqot va tashkilotchilik bilan mashg'ul bo'ladi. SHu sababli muloqot qilish qobiliyatiga ega bo'lish darkor. Buni ham maktabda o'rgatishadi.

Ingliz klublarida xorijlik posbonlarning ko'pligi klublar darvozabonlar tayyorlashda britancha uslubga ishonmasligini bildiradi. Bu maydondagi o'yinchilarga ham taalluqli: avval mashg'ulot, keyin maktab. Aslida teskari bo'lishi lozim. O'yinchilar ham turli holatlarda etiborni jamlash xususiyatiga ega bo'lishi shart. Ular joyni o'zgartirib, o'yinni tushunishlari darkor.

- Darvozabonlar jamoaviy sport turlarida o'zlarini alohida o'yinchilar deb hisoblashadimi?
- Yo'q. Bu katta xato. Jamoa va o'yinchilarga boqsangiz, posbonlar hech qachon o'zi haqida o'ylamasligini ko'rasiz. U jamoada kimdir xato qilganda buni tuzatishi mumkin bo'lgan oxirgi ijrochi. Va bu mening asosiy ustun jihatim bo'lgan. Hamisha markaziy himoyachilar bilan gaplashib turishga uringanman. Ular maydondagi joylashuvi va ahamiyati bilan katta o'rin tutadi. Hujumchilar har qancha xatoga yo'l qo'yishlari mumkin, ammo darvozabonlar xato qilsa, hammasi tamom bo'ladi.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика