So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  3 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  6 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  17

Yaya Ture: “Manchesterda ko'pchilik ustimdan kulgandi” Yangiliklar

Yaya Ture: “Manchesterda ko'pchilik ustimdan kulgandi”

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Yaya Ture Franciyaning “Ekip” nashriga bergan intervyusida faoliyatidagi turli holatlarni eslab o'tdi.


Unda Ivuar terma jamoasi futbolchisi bir qator qiziqarli voqealarni tilga olgan.


– O'tgan mavsum oxirida OAV siz juda yaxshi o'ynay olmaganingiz va bayonotlaringizda xafalik bordek ko'ringandi. Tanqidga shunchalik etiborlimisiz?

– Maqolada ijobiy jihat bo'lsa, boshqa gap. Lekin bu Angliya! Ketishim haqida yozishdi. Klubim eng qiyin chempionatda kumush medallarni oldi, men 12ta to'p kiritdim. Yana meni qishda Afrika Kubogiga chaqirishdi va deyarli 2 oyni o'sha erda o'tkazdim. Lekin avvalgi mavsumga nisbatan kam gol urganim uchun tanqid qilishdi. Nega xafa bo'lganimni tushungandirsiz? Angliyada ishlar yaxshi bo'lsa, jurnalistlar buni qayd etishmaydi. Ular meni erga urish uchun o'z ishlarini qilishadi.

Nega ular sizga nisbatan bunday munosabatda?

– Bilmayman. Ehtimol, kimgadir xalal bersam kerak. Bu erda hamma hamisha narsalarni aksincha qiladi. Biroq tanqiddan ko'ra ijobiy narsalar to'g'risida ham gapirish kerak. Biz, afrikaliklar yaxshi mehnat qilsak, shunga yarasha taqdirlanishni istaymiz. Bizni haqqoniy tan olishsa, shunga yarasha o'samiz.

Nega barchasini bunday deb o'ylayapsiz?

– Sabablar bor. Manchesterga 2010 yil kelganimda odamlar jamoani cho'ktirib yuborishimni aytishgandi. “Barselona”da oxirgi oylarda kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgandim. Jurnalistlar oyiga deyarli 1 mln evro maosh olishim haqida yozishdi. Axir men jamoaga yordam berish uchun kelgandim. Buni aytganimda Manchesterdagi ko'plab odamlar ustimdan kulishgandi. Ular men qanday qilib jamoaga yordam berishim mumkinligi haqida so'rashgan. Keyin nima bo'lganini bilasizmi? Biz deyarli hamma narsani yutdik. Men va jamoaning mehnatlari tufayli. Biroq buni hech kim eslamadi. Menga shunchaki insoniylik tomondan minnatdorchilik bildirishmadi. SHu sababli yoqimsiz voqea bo'ldi.

Sizga etarlicha baho berishmaydimi?

– SHunday! Hamisha qandaydir arzimas narsalarni qidirishadi. Men esa bor kuchim bilan ishlayman.

Nega bularni ingliz jurnalistlariga aytmagansiz?

– Nima uchun? CHunki ular menga hujum qilishda davom etishadi. Ular bilan suhbatlashishdan to'xtadim, soyaga ketdim. Lekin bundan tashvish chekmayapman. Ular muammoda meni ayblab, ketishimni birinchi sahifada aytishganda ular bilan gaplashib nima qilaman?

2013/14 yilgi mavsumda 26 gol urdingiz. Bu esa himoyaviy yarim himoyachi uchun ancha ko'p.

– Ha, 26 gol va hech qanday minnatdorchilik bildirishsiz. Bir safar Abidjanda 15 yoshlardagi yigit menga nisbatan qanday munosabatda bo'lishayotganini bilib turganini aytdi va nega mehnat qilish zarurligi haqida gapirishimga tushunmasligini aytdi. Yoshlarni aldab bo'lmaydi, ular barcha narsani yaxshi tushunadi.

– SHartnomangizni 2017 yilgacha uzaytirdingiz. Jamoani o'zgartirish haqida o'ylab ko'rmadingizmi?

– Odamlar barchasi tufayli ketishimni o'ylashgandi, lekin bir so'zli odamman. Ko'pchilik nomimni yomonotliq qilish uchun turli yolg'onlarni to'qishadi. Lekin barchasiga Yaratgan javob beradi. Insonlar senga hujum qilganda javob berishning keragi yo'q, chunki ular hech narsani tushunmaydi. Ayniqsa, ular seni yoqtirmaganda. Baxtimga, natija va statistika men tarafda. Bunday voqealar faqat Angliyada sodir bo'lmaydi. Kot-d'Ivuarni olaylik. O'tgan mavsumda Afrika Kubogini yutdik. Uchinchi urinishda buni uddaladik, bungacha ikki marta finallarda yutqazgandik. Terma jamoa sardori sifatida sovrinni qabul qilib oldim. Unutilmas lahzalar! Biroq menga yurtimdagi odamlar qanday munosabatda bo'lganini bilasizmi? Ular men, oilam va akam Kolo haqida shunday narsalar aytishdiki, hayron qolasiz. Drogba bilan kelishmovchilik borligi sababli uning terma jamoaga qaytishiga norozi bo'lgan emishman. Men va murabbiy Erve renar doimo Didega qo'ng'iroq qilib, qaytishini so'raganmiz. Biroq u rad etdi va boshqalar meni o'zini o'ylaydigan xudbinga chiqarishdi. Yana jim bo'ldim, o'ynadim va turnirni yutdim. Birdaniga hamma yomon ko'radigan inson yoqimliga aylandi.

Nega sizni ko'ra olishmaydi?

– Bu uzoq vaqtlik hodisa. Jan-Mishel Gi akademiyasida bizni ko'ra olishmasdi, chunki barcha turnirlarda zafar quchardik.

Terma jamoada guruhbozlik yuzaga kelganmi? Drogba va o'sha akademiya bitiruvchilari o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelganmi?

– Mening Drogba, Zokora va akam Kolo bilan kelishmay qolganim to'g'risida gapirishdi. Klubga terma jamoadan ko'ra ko'proq etibor berishimni takidlashdi. Men Kot-d'Ivuar fuqarosiman va mamlakatimni sevaman. Menga nisbatan qo'shiqlar to'qib, siyosatchilar haqorat qilishni boshlashdi. Juda og'riqli. Terma jamoada futbolga aloqasi bo'lmagan ishlar ro'y berdi.

Terma jamoada o'ynashdan to'xtashni istaysizmi? Abidjanda bu qaror qabul qilingan deb aytishmoqda.

– Yo'q. Aqlli bo'lmagan odamlar nimalarnidir gapirmoqda. Nima o'ylayotgan bo'lsam, shuni gapiraman. Uzoq vaqt jim yurib, jabr ko'rdim. Endi barchasini gapirib berishga qaror qildim. Sol-Benidan Abidjandagi akademiyagacha bo'lgan hayotimni esladim. U erga 1996 yil taklif etilganman. Bunday faoliyat haqida orzu ham qilmagandim. Lekin Xudo yordam berdi. Sol-Benida 4 oy uyga bormasdan shug'ullanganman. Bir o'zim qolardim. Nima bo'lgandayam barchasiga chidash uchun.

– SHunday qilib, terma jamoada o'ynashdan to'xtaysizmi?

– Mamlakatimni sevaman. SHunday bo'lmagan taqdirda o'ynashdan to'xtardim. Abidjanga pul uchun uchib bormayman. O'yinga qancha mukofot olishimiz, terma jamoa tufayli klubda qanday muammoga ega bo'lishimizni aytib berishim mumkin. Bir yurtimizni sevganimiz uchun bazi yo'qotishlarga duch kelamiz. Terma jamoada o'ynaganimda pul ishlab topishdan ko'ra uni yo'qotaman. Biroq bu vatanim va bu erda men kabi haqorat qilinadigan boshqa inson bo'lmasa ham mamlakatimni tashlab qo'ya olmayman.

Uch farzandingiz bor. Ulardan ikki nafari o'g'il.

– Ha, uch farzandim bor, lekin aslida ko'proq. CHunki Kot-d'Ivuardagi etim bolalar haqida qayg'uraman. Bu erda har kuni har bir bola non eyishini xohlayman. Etimlar borligi afsuslanarli. Xotinim ular bilan shug'ullanadi. Men musulmonman va bu biz uchun odatiy hol. Biz uchun muhimi – oddiy bo'lish. Boshqalar kabi xayriya fondlari ochmaganman. Barchasi o'zim, men yordam bergan insonlar va Yaratgan o'rtasida qolishini xohlayman. Bolalar bizning kelajagimiz, ertangi kunimiz.

– O'g'illaringizni mashg'ulot va o'yinlarga olib borasizmi?

– Sizga bir narsani aytaman. Buni hozirgacha faqat xotinimga aytgandim. O'g'illarim futbol bilan shug'ullanishini istamayman. Ular men kabi ozor chekishlarini xohlamayman. Yaxshisi talim olishsin. Odamlar meni baxtli inson deb o'ylashadi: ko'plab turnirlarni yutganman va ko'p pul ishlaganman. Biroq unday emas.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика