Yaya Ture: "Irqchilik tufayli o'g'lim futbol o'ynamayapti"
19 dek 2019 21:42
Yangiliklar


Yaya Ture: "Irqchilik tufayli o'g'lim futbol o'ynamayapti"
"Barselona" va "Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Yaya Turening aytishiga ko'ra, o'g'li irqchilik tufayli futbol o'ynamayapti.
"Bu mavzuda juda faolman. Irqchilik menga doimo og'riq bergan. O'g'lim ham futbol o'ynab, katta futbolchi bo'lib ketishni istardi, biroq shu illat tufayli futbol o'ynagisi kelmay qolgan. Buni to'g'ri qabul qilishim kerak. Aynan irqchilik tufayli o'g'limga futbol o'ynashni taqiqlab qo'ydim", - dedi Ture.
Oldinroq Ture faoliyatini yakunlab, irqchilikka qarshi kurashishga tayyorligini aytgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar