Yaya Ture APLda qolishi mumkin

8 iyun 2018, 08:25
“Manchester Siti”ni tark etgan Yaya Ture Angliyada qolishga yaqin.

Ture “Vest Xem” o'yinchisiga aylanishi mumkin. 35 yoshli futbolchi ayni damda erkin agent maqomida. Yaya allaqachon klub bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Futbolchi “Man Siti”da haftasiga 220 ming funt maosh olgan. Agar u London klubiga o'tadigan bo'lsa, maoshi kamayishiga rozi bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail